O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Personal (inson resurslari) tushunchasining mazmuni



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə5/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Personal (inson resurslari) tushunchasining mazmuni




“Personal” termini korxona mehnat jamoasining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Personalga ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarni bajaruvchi va mehnat predmetlari, mehnat vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash bilan band bo‘lgan barcha xizmatchilar kiritiladi. Bunda “kadrlar”, “xizmatchilar”, “personal” tushunchalari bir xil ma’nolarni anglatadi. Boshqaruv nazariyalarida personalni tasniflashda xizmatchining kasbi va mansabi, boshqaruv darajasi, xizmatchi kategoriyalaridan kelib chiqqan holda turli yondashuvlar mavjud. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirokiga qarab personal ikki asosiy qismga ajratiladi: ishchilar va xizmatchilar.




1.1.2-rasm. Personalni tasniflanishi6




6 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 42-бет.
Chet el tajribasida personal muammolarini hal qilishga doir ikkita asosiy yondashuv mavjuddir. Birinchi yondashuv diqqat e’tiborni shunga qaratadiki, “Inson resurslarini boshqarish” mazkur muammoni hal qilishning strategik jihatlarini, shu jumladan, ijtimoiy rivojlantirish masalalarini qamrab oladi, “personalni boshqarish” esa ko‘proq kadrlar bilan operativ ish olib borishga taalluqlidir. “Inson resurslarini boshqarish” avvalo mehnat va bandlik sohasidagi munosabatlarni davlat yo‘li bilan tartibga solish masalalariga, “personalni boshqarish” esa korxona darajasidagi mehnat munosabatlariga qaratilgan.

1.1-jadval Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari7


Faoliyat sohasi

Nimaga ustuvorlik beriladi

Qanday funksiyalarni
bajaradi

Bajarilishi to‘g‘risida
kimga ma’lumot beriladi

Inson resurslarini boshqarish (strategik yondashuv)

xarajatlarni rejalashtirish

Korporatsiya prezidentiga

Xodimlar bilan ishlash (tezkor faoliyat)

Ma’muriy aralashuvga zaruriyat tug‘iladigan kundalik muammolarni yechishga

Korporatsiya vitse- prezidentiga

Insonlar korxonaning raqobat boyligi hisoblanadi, ularni joylashtirishdan maqsad korxonaning strategik maqsadlariga erishishdur. Personalni boshqarishdan inson resurslarini boshqarish sari ro‘y beradigan siljish kelgusidagi tarkibiy qayta qurishlar asosida yotgan sabablar, boshqaruvning barcha bosqichlarida inson rolining ortishi o‘z
ta’sirini o‘tkazadi, deb tasavvur qilish mumkin.




7 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 43-бет.
Inson resurslarini boshqarish evolyusiyasi va uni rivojlantirishdagi kelgusi yo‘nalishlarga baho berish uchun yirik korporatsiyalarni boshqaradigan yapon va amerika mutaxassislarining fikrlari bilan tanishib chiqish foydalidir. Yapon menejerlari boshqarish sohasidagi bo‘lajak siyosatni quyidagi yo‘nalishlarning rivojlanishida deb biladilar:

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin