O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


BOB. INSON RESURSLARINI BOSHQARISH JARAYONIDA ISH FAOLIYATINING SIFATI VA MIQDORINI



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə72/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

BOB. INSON RESURSLARINI BOSHQARISH JARAYONIDA ISH FAOLIYATINING SIFATI VA MIQDORINI


BAHOLASH MUAMMOLARI

2.1. Sifatni nazorat qilish tizimi. Sifatni boshqarish


Sifatni boshqarish juda jiddiy va murakkab muammo hisoblanadi. Shuning uchun eng yaxshi sifatni kafolatlash uchun ishlatiladigan usullarni keng o‘rganish zarur. Avvalo, sifatni aniq ifodalab berish zarur. Texnik shartlar tomonidan qo‘yilgan talablarga javob berganda mahsulot sifatli hisoblanadi. Biroq haqiqiy sifat faqat texnik shartlarga mos mahsulot ishlab chiqarishni emas, balki bu texnik shartlar bozor talabiga javob berishini ham taqozo etadi. Shuning uchun sifat mahsulotni ishlab chiqargandan so‘ng uni taqsimlash va xaridorga xizmat ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish maqsadi xaridorga zarur bo‘lgan va uning tannarxi, hamda ishlab chiqaruvchining foydasiga haq to‘lashga tayyor bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishdir. Buning uchun har bir ishlab chiqarish va sotish bosqichi mahsulot sifatini ta’minlash uchun xizmat qilishi kerak.
Boshqaruv amaliyotida zaruriy sifatni ta’minlash muammosi menejer uchun eng murakkab muammolardan biridir. U barcha ishlab chiqarish jarayonlarining sifatni kafolatlash mezonlari bo‘yicha nazorat qilishi kerak. Mahsulot sifati - zamonaviy bozor uchun eng muhimdir. Kishilar bozorda kam sifatli tovarga kam haq to‘lashdan ko‘ra, yuqori sifatli tovar uchun ko‘p haq to‘lashga tayyor.
Yomon sifatli tovar ishlab chiqarishdan ko‘ra uni umuman ishlab chiqarmagan afzal. Buning sabablari:

  1. Har bir tovarning tannarxi bor. Agar Sizda sotish orqali xarajatlarni qoplashga umid yo‘q bo‘lib, biroq yomon sifatli mahsulotni sotish imkoniyatlari mavjud bo‘lsa ham, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan deyarli barcha resurslar yo‘qotilgan hisoblanadi. Agar bu kichik xajmda va arzon mahsulot bo‘lsa, sizning zararingiz katta bo‘lmas. Biroq Siz uzoq vaqt davomida va ko‘p mahsulot yoki avtomobil singari katta xarajatli mahsulot ishlab chiqarsangiz, va u texnik shartlarga javob bermasa, muammolarga duch kelasiz. Hozir albatta sifatli mahsulot ishlab chiqarish zarur.

  2. Ikkinchi sababi bu mahsulot uchun javobgarlik. AQSH va boshqa g‘arbiy mamlakatlarda mahsulot yomon sifatli va qo‘yilgan talablarga javob bermasa, mijozga yetkazilgan zarar uchun kompaniya javobgar bo‘ladi. AQSHda kishilarga yomon konstruksiyalangan engil va xatto yuk avtomashinalari jiddiy zarar keltirgani haqida misollar ko‘p. Buning natijasida javobgar firmalar sud da’volariga ko‘ra ko‘p million dollarli to‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu muammo shunchalik jiddiyki, ayrim firmalar yomon sifatli mahsulot ishlab chiqarishga bo‘lgan javobgarlikni sug‘urtalash orqali yuqoridagi holatlardan himoyalanmoqdalar. Mahsulot uchun mas’uliyatning boshqa tomoni ommaviy axborot vositalarining yuqoridagi kabi hollarni keng yoritishi natijasida firma imidji (obro‘si) va bozorda tovar obro‘siga yyetkaziladigan qo‘shimcha zarar.

  3. Ishni yo‘qotish mumkin. Agar mijozingiz qoniqmasa, uning ehtiyojlarini yanada samarali qondiruvchi boshqa manbalarni izlaydi. Mahsulotning yomon sifati va yomon xizmat ko‘rsatish xaridorlar sovib ketishining eng asosiy sabablardandir. Bu elementlar, ya’ni xarajatlar, javobgarlik va mijozni yo‘qotish bir-biriga katta ta’sir ko‘rsatadi.

  4. Ishlab chiqarishning qisqartirilishi. Bu nuqsonli (brak) yoki yomon konstruksiyalangan mahsulot bilan shug‘ullanish uchun ishlab chiqarish liniyasini to‘xtatish zarur bo‘lganda sodir bo‘lishi mumkin. Bu esa xarajatlarni oshiradi.





Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin