O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


-rasm. Sifatni nazorat qilishda mahsulotni loyihalashdagi asosiy omillar47



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə74/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

7.1.2-rasm. Sifatni nazorat qilishda mahsulotni loyihalashdagi asosiy omillar47


Nazorat sifat darajasini o‘lchash orqali aniqlash deyarli har doim miqdoriy jarayon hisoblanadi. Ayrim hollarda, masalan, tovar qanday bo‘yalgani tekshirilganda, u o‘lchanmaydi. Bu kuzatish jarayoni. Biroq, sifatning ilmiy nazorati asosan tovarni unga belgilangan xarakteristikalarga mos kelishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Bu jarayon o‘lchash mumkin bo‘lgan tizim ko‘rinishida namoyon bo‘lishi kerak. U dastgohda tayyorlangan detal uchun farqlanish mm.da yoki flakondagi suyuqlik uchun ml.da o‘lchanadigan xarakteristikalarga ega bo‘lishi kerak. Ko‘pincha bu bilan ishlab chiqarish jarayonida sifat kafolati markazi shug‘ullanadi. Zaruriy ravishda konstruksiyalangan tovar uni ishlab chiqarish jarayonida mumkin bo‘lgan farqlanishlarga ega bo‘ladi.
Nazorat qilish jarayonida shu o‘zgarishlar qabul qilingan diapazonga qanchalik to‘g‘ri kelishi aniqlanishi zarur. Mutlaqo benuqson tovar ishlab chiqarish mumkin emas. Boshqacha aytganda,


47 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 172-бет.

ikkita detal o‘rtasida, albatta, kichik farq bo‘ladi. XIX asr boshlarida o‘zaro almashtiriluvchi detallar ishlab chiqarish jarayonining muhim qismiga aylandi. Bungacha barcha detallar qo‘lda ishlanardi. Miltiq ishlab chiqarish bunday detallarni qo‘llashning birinchi misoli hisoblanadi. Amerikalik Eln Uitni ishlab chiqarish jarayonini bunday takomillashtirishga ulkan hissa qo‘shdi.
Menejerning keyingi muammosi - nazoratdan chetda qolgan yoki sifatsiz tovarlar bilan ishlash rejasi. Mahsulot sifatida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganda tug‘iladigan muammoni hal qilish uchun ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‘lish kerak. Sifat bo‘zilishining sabablari - odamlar, dastgohlar yoki materiallar bilan bog‘liqliklar bo‘lishi mumkin. Endi "tizim nazorat ostidaligini qanday bilish mumkin?" degan masalani ko‘rib chiqamiz. Ko‘pincha tovarni bir qarashdayoq uning sifatini bilib olamiz. Bu vizual tekshirish. Ammo ba’zi hollarda, masalan, zich biriktirilgan qismlar diametrini millimetrlarda aniqlash
zarur bo‘ladi.
Bu bosqichda o‘lchash tizimi va miqdor ko‘rsatkichlarini shunday tashkil qilish kerakki, bunda ularni statistik nazorat ostidaligini aniqlash mumkin bo‘lsin. Biz hamma detallarni yoki ulardan birortasini sifatini aniqlashimiz mumkin. Liniya inspektori yig‘uv liniyasida eng muhim kishilardan biri sanaladi, chunki u mahsulotni bevosita ishlab chiqarish jarayonida kuzatadi va uning sifat standartiga mos kelishini aniqlab boradi. Agar o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, darhol uning oldini olish choralari ko‘rilishi zarur.
Sifat tavsifini o‘lchash tizimi o‘rnatilgandan so‘ng, zarur talablarga rioya etilayotganligini aniqlash uchun statistik usullardan foydalanishimiz mumkin. Statistik ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladigan xizmatlarga qaraganda, moddiy mahsulotlar ishlab chiqarishda oson qo‘llaniladi. Xizmatlar sohasida bu borada bir qator muammolarga duch kelish mumkin.
Masalan, bizda shisha idishlarni suyuqlik bilan to‘ldiruvchi dastgoh bor. Bu dastgoh 1 minutda ko‘p idishni to‘ldiradi. Bu tez jarayon bo‘lib, vujudga keladigan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish kerak. Deylik, dastgoh 0,5 idishlarni to‘ldiradi. Hech bir idishga aynan
yarim litr suyuqlik to‘ldirish mumkin emas. Shuning uchun me’yordan chetlashishning mumkin bo‘lgan darajasini o‘rnatish zarur. Bu 0,5 yoki

  1. litr bo‘lishi mumkinligini aniqlaymiz. Xuddi shunday nazorat suyuqliklarni aralashtirishda, idishni berkitishda, yashikka joylashtirish va tashishda amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarishda farqlanishlarni o‘lchash usullarining eng yaxshilaridan biri ustunli diagrammalar usulidir. Bu tizim tanlash prinsipi bo‘yicha ishlaydi. Siz kamida to‘rtta mahsulot namunasini olib tekshirishingiz kerak. Deylik, biz liniyadan 10 ta idishni olib, unga qancha suyuqlik solinganligini aniqlamoqchimiz. Bunda idishdagi suyuqlikiing aniq miqdorini o‘lchash tizimiga ega bo‘lishimiz zarur. Buning uchun vizual yoki suyuqlikni konteynerga qo‘yib tortish mumkin. Shunday qilib ishlab chiqarish liniyasidan o‘nta namuna olinib, har bir idishdagi suyuqlik aniqlanadi. Umumiy miqdorni 10 ga bo‘lish orqali o‘rtacha bir idishga solingan suyuqlik hajmi aniqlanadi. Biz o‘rtacha ortiqlik yoki etishmovchilikka ega bo‘lamiz.
Sifatni nazorat qilishning boshqa metodlari ham bor. Ayrim hollarda murakkab metodlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Sifatni nazorat qilishning eng yaxshi sistemasini ishlatish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan tizimlardan foydalaniladi.
Yetakchi ishlab chiqarishlarda ko‘p tovarlar mashinalar tomonidan tekshiriladi. Masalan, kompyuter mikrosxemalari doim mashinalar tomonidan tekshiriladi.



    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin