O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə82/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

7.1-jadval


Personalni baholash uslublari51



Uslublar nomi

Uslublarning qisqacha izohi

Natija

Manbashunos lik(biografiya
asosida ishlash)

Kadrlar bo‘yicha ma’lumotlar, kadrlarni hisobga olish varog‘i, shaxsiy ariza,
tarjimai hol, ma’lumot haqida hujjatlar, tavsifnomani tahlil qilish

Oilasi, ma’lumoti, karyerasi, xarakteri haqida xulosalar.

Suhbat (intervyu)

Xizmatchi bilan u haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun oldindan tayyorlangan yoki ehtiyoriy sxema
asosida “savol-javob” shaklidagi suhbat.

Savollari ko‘rsatilgan savolnoma.

Anketa so‘rovnomasa ni o‘tkazash (o‘z-o‘zini
baholash)

Shaxsiy sifatlarni baholash uchun mahsus anketa yordamida so‘rovnoma o‘tkazish va ularni tahlil qilish

“Vakansiya” anketasi

Ijtimoiy so‘rovnoma

Baholanayotgan shahsni yahshi biladigan turla toifadagi xizmatchilar (rahbarlar, qo‘l ostidagilar, hamkasabalar) so‘rovnomasini o‘tkazish
va shu orqali shaxsiy sifatlar diagrammasini chizish

Ijtimoiy baholash anketasi, sifatlar diagrammasi

Kuzatish

Baholanayotgan hizmatchini ish kunini bir martalik kuzatishlar va suratga olish usullari bilan norasmiy holatda (dam
olishda, oilada ) va ishda kuzatish

Kuzatish haqida hisobot

Test sinovlari

Mahsus test yordamida professional
bilimlar va ko‘nikmalar, imkoniyatlar, motivlar, psihologiyalarni aniqlash

Psihologik portret

Ekspertlar tomonidan baholash

Ekspertlar guruhini shakllantirish, ideal yoki real xizmatchilarning umumiy
sifatlarini belgilash va ularni ekspertlar tomonidan baholash

Ish o‘rni modeli

Xavfli holatlar



Xavfli holat tashkil qilish va ularni hal qilish jarayonida (kelishmovchilik, murakkab qaror qabul qilish, suhbatda o‘zini tutish, spirtli ichimliklar va ayollarga munosabati va h.k.) shaxsni
kuzatish

Holat va shaxsning o‘zini tutishi haqidagi hisobot





51 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 182-бет.

Ish o‘yinlari

Tashkiliy o‘yinlarini o‘tkazish, bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilish, o‘yinchilarni rollar bo‘yicha ajratish (“g‘oyalar generatori”, “tashkilotchi”, “tanqidchi”, “ekspert”, “ish yurituvchi”,
“kuzatuvchi” va boshqalar) va kichik guruhda ishlash faoliyatini baholash.

O‘yin haqida hisobot. O‘yinchilar va rollarni baholash

Aniq holatni tahlil qilish (keys-stadi)

Xizmatchiga ishlab chiqarishdagi ma’lum holat bo‘yicha tahlil o‘tkazish va holatni hal qilish bo‘yicha ma’ruza shaklidagi takliflar tayyorlash bo‘yicha
topshiriq berish

Holatni hal qilish bo‘yicha muqobil qarorlar mavjud bo‘lgan ma’ruzalar

Ajratish, joy- joyiga qo‘yish (ranjirovanie)

Baholanayotgan xizmatchilarni boshqa usullar bilan o‘zaro taqqoslash va tanlab olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha ranglarning (guruhdagi joylarni) kamayishi yoki ko‘payishi tartibida
joylashtirish

Xizmatchilarning (nomzodlarni) ranglar bo‘yicha ro‘yxati

Dasturlangan nazorat

Nazorat savollari yordamida professional bilim va ko‘nikmalar, intellekt darajasi, tajriba va ish
faoliyatini baholash

Dasturlangan nazorat haritasi, bilim va ko‘nikmalar bahosi

Imtihon (sinov, biznes rejani himoya qilish)

Professional bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish, bunda baholanuvchi ma’lum fan bo‘yicha (muammolar
bo‘yicha) oldin tayyorgarlik ko‘radi va komissiya oldida javob beradi

Baholari ko‘rsatilgan imtihon varaqlari, biznes reja

O‘z faoliyati bo‘yicha hisobot
(ma’ruza qilish)

Rahbar yoki mutaxassisni ish rejalarini va shaxsiy majburiyatlarini bajarilishini tahlil qilingan yozma hisoboti yoki mehnat jamoasi oldida chiqish qilishdir

Yozma hisobot

Mehnatni umumiy baholash

Mehnat sifatining murakkabligi va natijalarni baholash ko‘rsatkichlarini umumlashtirish va ularni oldingi davr ko‘rsatkichlari yoki koeffitsientlari bilan
taqqoslash

Mehnatni baholash jadvali

Personalni attestatsiyada n o‘tkazish

Attestatsiya komissiyasi tomonidan nomzodning mansabga munosibligini aniqlash uchun va shaxsning salohiyatini belgilash uchun javoblarni tahlil qilish maqsadida personalni baholashning
kompleks usuli

Attestatsiya anketasi, attestatsiya komissiyasi protokoli, direktorning buyrug‘i

Mehnatni baholash tizimining ko‘pchiligi bir qancha odamlarni baholashda ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bunday amaliyot shu odamni xatti-harakatini baholash uchun haqqoniy sharoitlarni yaratadi. Baholash tizimini qo‘llashning eng katta qiyinchiligi – ishchi tomonidan bajarilgan ishni o‘lchash usullarini topishdir. So‘nggi mezon bo‘lib mehnatning ishlab chiqarish qobiliyati xizmat qiladi, lekin uni o‘lchash har doim ham oson bo‘lavermaydi. Aniq bir matnning ko‘p betini bexato yozgan yoki nuqsonsiz mikroprotsessorlarni ko‘p yiqqan ishchi ma’lum bir vaqt oralig‘ida boshqalarga nisbatan yuqori ishlab chiqarishni namoyish etadi.



7.6.1-rasm. Kompaniyalar ishchilari mehnati sifatinining ob’yektiv baholashni ta’minlash uchun anketa namunasi52


Ballar:



5- a’lo. Ishchi muntazasm ravishda belgilangan me’yorlarni ortig‘i bilan bajaradi va bu ishdan kutilgan natijani oshiradi.




52 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 202-бет.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin