O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


-rasm. Foyda va maqsadga erishishda qatnashish50



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə79/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

7.5.1-rasm. Foyda va maqsadga erishishda qatnashish50


Har xil kompaniyalarda bu ulush kvartal bo‘yicha, yarim yilda bir marta yoki yilning oxirida to‘lanadi. Ba’zan bu ulushning to‘lovi ishchining pensiyaga chiqquniga qadar yoki ishga layoqatini yo‘qotgunga qadar yoki shu firmada bu tizimda nazarda tutilgan minimal muddatni ishchi ishlab bo‘lganligi sharti bilan, o‘z ixtiyori bilan bo‘shagunga qadar qoldiriladi. Shunday yo‘l bilan to‘lovi qoldiriladigan pul summasini kompaniya yig‘adi va foydalar ulushini olishni istamagunga qadar ishchining hisobiga o‘tkazadi.
Maqsadlarga erishishda qatnashish - ishchilarga umumiy foydasiga emas, balki ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog‘liq


50 Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan
bo‘lgan ushlanib qolishlarni iqtisod qilish mablag‘dan mukofot tizimi.
Maqsadga erishishda qatnashish – foydada qatnashishga o‘xshash tizim, lekin bitta yaqqol farqi mavjud. Mukofot bu yerda foydaning umumiy miqdoriga bog‘liq emas, balki mahsulot sifati bo‘yicha ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishish, jihozlarining xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish texnikasiga rioya etish natijasida ishlab chiqarishning ushlanib qolishlarini kamaytirish bilan bog‘liq. Masalan, “AT& Universal Kadr Servises” kompaniyasida rag‘batlantiruvchi to‘lovlar kredit kartochkalarga tez va aniq ishlov berish va boshqa operatsiyalarni bajarish orqali aniqlanadi. Bunday dasturlarning yutug‘i ko‘pincha rag‘batlantirish bilan xizmatchi javobgar bo‘lgan uchastkada uning faoliyati qay darajada uzviy bog‘liqligi bilan bog‘liq.
Ishlab chiqarish to‘lovi – ishlab chiqarish me’yorlarini yoki boshqa maqsadlarga erishilgani uchun mukofot to‘lash sharti bilan ishchiga past ish haqi miqdorining belgilanishi.
Ko‘pincha ishlab chiqarish to‘lovlari deb nomlanadigan kompaniya maqsadlariga erishishda ishchilarni qatnashishga jalb qilish usullaridan biri ishchilar uchun ma’lum bir xavfni o‘zida saqlaydi. Ularga ish haqining eng past miqdori belgilanadi, lekin ular ishlab chiqarish me’yorlarini yoki boshqa buyruqlarni bajarganliklari uchun qo‘shimcha to‘lovlar oladilar. Bunday tizim “Long John Silver” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan minglab tez xizmat ko‘rsatuvchi restoranlarga kiritilganda, ishchilarning real ish haqi birinchi kvartal davomida soatiga 1,75 dollardan ko‘proqqa oshdi. Ishlab chiqarishga haq to‘lash dasturlari “Corningg”, “Nordstrom” va “Monsato” kabi kompaniyalarda ham juda yaxshi amalga oshirildi. Shu vaqtning o‘zida boshqa kompaniyalarda shu kabi dasturlarni amalga oshirib bo‘lmadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin