O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


-rasm. Sifatni har tomonlama boshqarish konsepsiyasi48



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə76/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

7.2.1-rasm. Sifatni har tomonlama boshqarish konsepsiyasi48


Oxirgi yillarda g‘arbiy mamlakatlar kompaniyalarida sifatni har tomonlama boshqarish sifatni boshqarish konsepsiyasining rivojlantirildi. Bu konsepsiya tashkilotning barcha darajalarida eng yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ifodalaydi. Bu konsepsiyaga muvofiq sifatni boshqarish tizimi, hatto, korxonadan tashqarida - mol xaridorga yetkazilgandan so‘ng unga xizmat ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi.




    1. Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari


Sifat hozirgi kunda shunday muhimki, g‘arbiy mamlakatlarda sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari dasturiga ega bo‘lmagan kompaniyalar raqobat qila olmaydilar, chunki potensial xaridorlar sotuvchini tanlashda bu omilga ham e’tibor beradilar.


Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari tizimining


48 Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan
asosiy elementlari:

  1. Muayyan sifatli tovarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun bozor ehtiyojlarini aniqlash. Bu sohada marketing bo‘limi yetakchi bo‘lishi zarur. Imkoniyatga qarab, mijozni tovarni ishlab chiqishga, va ayniqsa vaqt o‘tishi bilan uni takomillashtirish jarayoniga jalb qilish kerak. Bozor bilan teskari aloqa tizimini yo‘lga qo‘yish zarur. Tovar qanday qabul qilinayotganligi, xaridorlarning fikrini o‘rganmay turib muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.

  2. Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari jarayonidagi ikkinchi qadam tovarni ishlab chiqish va tekshirish hisoblanadi. Bu yerda sifat darajasi variantlarini tanlash hal qiluvchi masala bo‘lishi va tovarni ishlab chiqish (loyihalash) yakunida u yaxshilab tekshirilishi kerak, va bunda ham imkoniyatga qarab xaridorni jalb qilish ma’qul.

  3. Ishlab chiqarish jarayonini shunday ishlab chiqingki, uning yo‘lga tushirilishi bilan nuqsonsiz mahsulot ishlab chiqarilsin. Aks holda ularni remont yoki qayta ishlash uchun zarar ko‘rasiz.

  4. Nazorat natajalarini hujjatlashtirish va tovarni baholash jarayonini davom ettirish kerak. Tovar doimiy nazorat qilinayotganligiga ishonch hosil qiling. Tovarni baholash ustidan nazorat jarayonini ham boshqarishni unutmang. Tovar korxonadan tashqarida baholanayotganligi va uning natijalari sifatni oshirishda yordam berayotganligiga ham ishonch hosil qiling.

  5. Mol yetkazib beruvchilarga sifat yuzasidan qo‘yiladigan talablar, ya’ni ular yetkazib berayotgan resurslar texnik xarakteristikalar va standartga mos kelishini doim tekshirib borish zarur. Bu taqsimot tizimiga, tovarni zavoddan iste’molchigacha yetkazib beruvchi vositachilarga ham taalluqli.





Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin