O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Xodim faoliyatini baholash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə81/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Xodim faoliyatini baholash


Ishchining faoliyatini baholash. Ishchining oyligi yoki ish haqini qachon oshirish kerak? Uning mansabini yoki razryadini qachon oshirish va qachon uning statusini pasaytirish yoki boshqa ishga o‘tkazish kerak?
Qay hollarda ishchini ishdan bo‘shatish kerak? Bu savollarga javobni ishchi mehnati natijalarini baholash asosida olish mumkin.
Ammo ishchining mehnati qay tarzda baholanadi? Afsuski, ko‘p hollarda baholashlar tasodifan to‘planadigan subyektiv kuzatuvlarni ifoda etadi. O‘zboshimcha xaraktyerdagi bunday baholashlarni bartaraf etish uchun tobora ko‘p kompaniyalar ishchilar faoliyatini baholashning murakkab tizimini, ya’ni obyektivligini ta’minlashga qodir tizimlarni tuzishmoqda. Bunday tizimdagi baholashlar nisbatan haqqoniy bo‘ladi, chunki ularda qo‘llanilgan mezonlar aniq ish bilan uzviy bog‘liq. Mehnatni baholashning kompleks tizimi qabul qilinganda ish mezonlari qat’iy belgilanadi, natijada ishchiga va uning boshlig‘iga ishchidan nima talab qilinishi tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun ikkalasi ham ish kerakli tarzda bajarilganligini aniqlashi mumkin. Birmuncha qattiq tizimlar har bir ishchi mehnatining natijalari uchun yozma shaklda doimiy ravishda baho qo‘yilishini talab qiladi, bu esa u tomondan o‘z majburiyatlarini bajarilishi muntazam hisobga olinishiga sabab bo‘ladi. Bunday hisobot ishchilarni bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi muhokama qilinganda kompaniya manfaatlarini himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin. Ishchilarning ish faoliyatini baholashda bir qancha uslublardan foydalanish mumkin.
Lekin tadbirkor mexmonxona administratori yoki telestansiyaning o‘rta zvenosi menejeri mehnati unumdorligini qanday baholash kerak? Tashkilotning umumiy ishlab chiqarish unumdorligini o‘lchash mumkin bo‘lsa ham, ko‘pincha ular xizmat ko‘rsatish sohasi ishchilari va injener- texnik personal bajaradigan har xil funksiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmagan. Ko‘rinib turibdiki, xodimlar mehnatini baholash uchun qo‘shimcha mezonlar zarur, misol uchun berilgan tashkilotning mijozlar orasidagi mashhurlik darajasi, ishchilarning hamkasblar va mijozlarga nisbatan o‘zini tutishi, malakasi va h.k.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin