Juftliktaqqoslashusuli. Bunda attestatsiya qilinayotgan mutaxassis ism-sharifi avvaldan belgilab qo‘yilgan tartibga asosan alohida varaqlarda qayd qilinadi. So‘ng har bir mutaxassis faoliyati baholari boshqa ixtisosliklar baholanishi bilan taqqoslanadi. Bu belgilab qo‘yilgan mezonlar bo‘yicha juftlikda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega mutaxassisni aniqlash imkonini beradi.
Ball orqali erkin baholash usuli.
Mutaxassis amaliy sifatlarini grafik usulda baholash.5.Koeffitsentlibaholash usuli.
Yuqorida keltirilgan bu usullarni shartli deyish mumkin. Chunki amaliyotda har bir usul alohida-alohida emas, balki umumlashtirilgan holda qo‘llaniladi.
Mutaxassis sifatlari to‘g‘risida obyektiv tasavvur hosil qilish uchun uning faoliyatini holis baholashda kamida 20-25 ta mezon tanlanishi talab etiladi. Bu sifatlar baholanishi (13.7- jadval) quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Inson resurslarini, shu jumladan mutaxassis faoliyatini ifodalash uchun baholash universal blanki ham mavjud. Ushbu blanqda ko‘rsatkichlar mezonlari baholar shkalalarida guruhlashtirilgan holda bo‘ladi (13.8- jadval).