O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


-rasm. Korxonalarga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan tasir



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə185/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

14.3.2-rasm. Korxonalarga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan tasir


Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo‘lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:

  • kredit va foiz stavkasi;

  • soliq va soliq yuki;

  • boj to‘lovlari;

  • subsidiya va sanksiya;

  • litsenziya;

  • transfert to‘lovlari;

  • narx-navo va hokazolar kiradi.




14.3.3-rasm.Boshqarishning iqtisodiy usullari


Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo‘llab, bozorni shakllantirish chog‘ida ham, uning o‘zini o‘zi boshqarishi bosqichida ham g‘oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik sohasiga davlatning ta’siri ham tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o‘z ta’sirini qatiy belgilangan reja orqali o‘tkazadi.
        1. Boshqaruvning sotsial-ruhiy usullari


Sotsial-ruxiy usullarnnng asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Boshqacha qilib aytganda, sotsial-ruxiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi "psixologik vaziyatni", har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usullardir
Boshqarishning sotsial-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan:

  1. Kishilarning sotsial-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

  2. Sotsial yurish-turish me’yorlarini o‘rnatish va rivojlantirshga yaxshi va namunali an’analarni qo‘llab-quvvatlash va milliy urf- odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o‘stirishga yordam beradi.

  3. Sotsial rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini rag‘batlantirish, umumiy ta’lim darajasini oshirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy o‘sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta’minlaydi.

  4. Kishilarning madaniy va sotsial-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-joylar, bolalar bog‘chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va hokazolarni ko‘rishga sharoit tug‘diradi.

  5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o‘zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat sog‘lom sotsial-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni qo‘llab-quvvatlashga sharoit tug‘diradi.

  6. Odamlarning o‘z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi.

Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada uyushqoq samarali bo‘lishini talab qiladi.
Sotsial tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi:
*jamoa a’zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;
*boshqarish usullarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati;
*jamoaning extiyojlari va qiziqishlari;
*xodimlar shaxsiyati;
*xodimlar qo‘nimsizligi sabablari;
*xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;

*jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin