O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə193/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda beriladigan nafaqa. Uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib, bolani parvarishlashga qurbu etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga
mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan nafaqa beriladi. Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. 14 yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‘lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
Homiladorlik va tuqqandan keyingi davrlar bo‘yicha nafaqa. Homiladorlik va tuqqandan keyingi davrlar ta’tili sifatida ayollarga tuqqaniga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda – 70 kalendar kun) ta’til beriladi. Bu nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi hamda ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi. Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa. Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsient qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin