O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Ixtiyoriy qo‘shimcha (kasbiy) ijtimoiy sug‘urta



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə190/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Ixtiyoriy qo‘shimcha (kasbiy) ijtimoiy sug‘urta. Sug‘urtaning bu turi iqtisodiyotning alohida tarmoqlari yoki kompaniyalari doirasida yollanma ishchilar uchun uzoq muddatli tarmoqli va jamoa shartnomalari asosida tashkil etiladi. Odatda, ixtiyoriy qo‘shimcha ijtimoiy sug‘urta tizimi xususiy tusga ega bo‘ladi, biroq ularning faoliyati maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra, sug‘urtalanvchilar uchun ijtimoiy kafolatlar tizimi yaratiladi, jumladan: bir ish beruvchida ishlashning minimal muddati, ushbu muddat tugagach, ishchida qo‘shimcha himoya turlariga huquqi paydo bo‘ladi. Masalan, pensiya ta’minoti huquqi; sug‘urtalanuvchi o‘z ish joyini o‘zgartirgan holda sug‘urta bo‘yicha qo‘lga kiritgan huquqlari saqlanib qoladi.

  • Fuqarolarning shaxsiy (xususiy) sug‘urtasi. Sug‘urtaning bu turi shartnoma asosida tuziladi va shu bois uning doiralari hamda amal qilinishi vaqt davrlari, ma’lum jismoniy shaxslarning moliyaviy imkoniyatlari, xatar turlari bilan cheklangan bo‘ladi. Ushbu shakl uchun sug‘urta shartnoma mavjudligi fuqarolarning o‘zi uchun mas’ulligi xosdir.
      1. Korxona va tashkilotlarda xodimlar ijtimoiy muhofaza qilish tizimi


    Xodimlarni ijtimoiy himoya tizimi – bu xodim hayotidagi zarur manfaatlar sohasi bo‘lib, uning miqdoriy va sifatiy tavsiflari davlat va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, xuquqiy va madaniy taraqqiyoti darajasi haqida dalolat beradi. Ijtimoiy himoyalanish huquqi – bu xalqaro hamjamiyatda tan olingan va davlat tomonidan kafolatlanadigan xodimning munosib hayot kechirishi uchun yetarli fiziologik, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidir. Xodimlarni ijtimoiy himoyalash tizimi ko‘p jihatdan mamlakatdagi tartib, jamiyatdagi osayishtalik darajasi, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning barqarorligi va dinamikasi bilan bog‘liq.
    Nazariy-amaliy yondoshuvga ko‘ra, ijtimoiy himoya sohasi davlat ijtimoiy siyosati va mehnat munosabatlarining eng muhim
    komponentlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining 117- konvensiyasining 25-moddasi – “Ijtimoiy siyosatning asosiy maqsad va me’yorlari”ga ko‘ra inson o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovon turmushi uchun zarur bo‘lgan hayot darajasiga ega bo‘lishiga haqlidir va bunda oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, tibbiy xizmat, ijtimoiy himoya qilishni kiritish lozim. Shuningdek, u o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, o‘zi va oilasini ta’minlay olmay qolsa, ishsiz yoki nogiron bo‘lsa ham ijtimoiy ta’minlanish huquqiga ega.
    YOllanib ishlaydigan ishchi kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik yoki uning mehnatiga talab kamayishi sababli mehnatga layoqatliligini yo‘qotsa (vaqtinchalik yoki muntazam ravishda) unda moddiy ta’minlanish muammosi yuzaga keladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotida ijtimoiy himoya jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy hayotining tarkibiy qismiga aylangan, uning tashkiliy-huquqiy shakllari esa mehnat jarayoni va ishchi kuchining takror barpo bo‘lishining uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan.
    Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning obyektiv zarurati ham insonning o‘z tabiati (biologik mavjudot sifatida o‘zining hayot bosqichlari bilan, shu jumladan, mehnat davriga tayyorlovchi, mehnat davri va mehnat faoliyatidan keyingi davr) ham insonni uning mehnat jarayonidagi hayoti va faoliyatini belgilovchi keng doiradagi omillar bilan mavjud bog‘lanishidan kelib chiqadi. Ushbu omillarga ishlab chiqarish muhiti (xodimning salomatligi va mehnatga layoqatliliga ta’sir etuvchi), mehnat sharoitlari (mehnat mazmuni, daromadlar darajasi, mehnat faoliyati va dam olish tartibiga ta’sir etuvchi) va mehnat munosabatlari (hamkorlik muhiti yoki mojaroli holatlar va mehnat jamoasi a’zolarining kamsitilishini belgilovchi) kiritiladi. Bunda korxona (tashkilot) xodimlarini texnik va tabiiy (atrofdagi ishlab chiqarish va tabiiy muhit), iqtisodiy (xodimlarni yollash masalasi va mehnat bozoridagi vaziyat), biologik (yosh, salomatlik, mehnatga layoqatlilik) omillarning murakkab majmuining ta’siridan himoya qilish bilan bog‘liq ijtimoiy-mehnat munosabatlari bajaruvchi va buyurtmachi, bajaruvchi va davlat, buyurtmachi va davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘ladi.
    Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalaridagi ijtimoiy-mehnat munosabatlari korxona (tashkilot), tarmoq va hudud darajasida amalga oshiriladi. Ularning har biri uchun o‘z aloqa va munosabatlar predmetlari xos bo‘lib, bular birgalikda xodimning ijtimoiy holati hamda mehnat hayoti darajasi va sifati ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
    O‘z navbatida, xodimlarning ijtimoiy holati va mehnat hayotining sifati insonlar, jamoalar va ijtimoiy guruhlar turmush tarzi, faoliyatining asosiy tavsiflovchilari bo‘lib, ikki xil shaklga ega. Birinchisi – bu alohida inson, oila, ijtimoiy guruhlar holatining amaliy darajasi (obyektiv va subyektiv sabablar), ikkinchisi, ijtimoiy kafolatlar ko‘rinishidagi ijtimoiy holat. Mazkur ikkinchi shakl amaldagi ijtimoiy- mehnat munosabatlarining me’yoriy-qonunchilik bilan ta’minlanishini aks ettiradi.



      1. Yüklə 5,17 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   226




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin