O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Ijtimoiy nafaqalar, ularning turlari va tayinlanish tartibi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə191/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Ijtimoiy nafaqalar, ularning turlari va tayinlanish tartibi


Nafaqa tegishli byudjet mablag‘lari hisobidan pul mablag‘larini beg‘araz tarzda to‘lash, aniq maqsadga yo‘naltirilgan pul mablag‘laridir. Ularning ayrimlarini obyektiv sabablarga ko‘ra ish haqi yo‘qotilgani tufayli belgilansa, boshqalari aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida tayinlanadi. Birinchi holdagi nafaqalarga vaqtinchalik ishga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha, ishsizlik va boshqa shu kabi holatlar bo‘yicha to‘lanadiga nafaqalar kiradi. Ikkinchi turga ayollar va bolalarga bir martalik to‘lovlar, bolalarni parvarishlash bilan band bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa, dafn marosimi uchun to‘lanadigan nafaqa va maqsadiga ko‘ra boshqa to‘lovlar kiradi.




Ҳомиладорли к ва туғиш бўйича


Бола туғилганда бериладиган


Қўшимча дам олиш куни учун нафақа


Дафн этиш маросими учун нафақа



15.4.1-rasm. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa turlari


Yoshi bo‘yicha nafaqalar. Yoshi bo‘yicha nafaqa ish stajiga, ularni boqishga bo‘lgan qarindoshlari bo‘lmagan shaxslar: erkaklarga 65 yoshga, ayollarga 60 yoshga etganlarida tayinlanadi. Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tekshiruviga ko‘ra, nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxs qarindoshlarining moddiy nochorligi aniqlangan hollarda nafaqa o‘zlarining keksa qarindoshlariga moddiy yordam ko‘rsata olmaydigan qarindoshlar bor bo‘lgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.
Nogironlik bo‘yicha nafaqalar. Nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, ya’ni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda, faqat I- va II-guruh nogironlarga tayinlanadi va to‘lanadi. Fuqarolarning mehnat qobiliyatlarini yo‘qotganlik darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirishni faqat tibbiy-mehnat ekspert komissisiyalari o‘zlari tasdiqlagan Nizom asosida shahar yoki tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limlari yo‘llanmasi bo‘yicha amalga oshiradi. Ishlab turgan yoki yashashning boshqa manbalariga ega bo‘lgan I- va II-guruh nogironlarga nafaqa to‘lanmaydi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin