O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə194/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa. Bu nafaqa nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa. Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog‘ida bo‘lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi:

  • turmush o‘rtog‘i;

  • 18 yoshga to‘lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;

  • ota-onasi;

  • bobosi yoki buvisi.

Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa oila a’zolariga yoki dafn o‘tkazishni o‘z zimmasiga olgan shaxslarga tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida beriladi. Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bo‘lmagan miqdorida to‘lanadi. Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi.
Ishsizlik bo‘yicha nafaqa. Qonunda belgilangan tartibda ishsiz deb tan olingan fuqarolarga ishsizlik bo‘yicha nafaqa beriladi. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o‘rtacha ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi. Qaramog‘ida 16 yoshga to‘lmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori 10 foizga oshiriladi. Ish haqiga koeffitsientlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsientni qo‘llagan holda aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan tayinlanadi.
Ishsizlik nafaqasining quyidagi turlari farqlanadi:

      1. Birinchi marta ish qidirayotganlar shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasi;

      2. Uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasi.

Birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasi ilgari ishlamagan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining kamida 75 foizi miqdorida nafaqa to‘lash kafolatlanadi.
Uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik bo‘yicha nafaqa uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz fuqarolarga to‘lanadi. Bu quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • mutaxassisligi bo‘lgan shaxslar uchun, shuningdek, 12 oy mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi 12 kalendar haftadan kam bo‘lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga qayta o‘rgatish yoki malakasini oshirish talab qilinmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda;

  • boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 75 foizi miqdorida.

Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo‘lmaganligi tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin bo‘lmasa;

  • ishsiz shaxsning kasb ko‘nikmalariga mos keladigan ish yo‘qligi sababli uning kasbini o‘zgartirish zarur bo‘lsa;

  • ishsiz fuqaro avvalgi kasbi bo‘yicha ish bajarish qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa.

Ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish o‘quv yurtlarida mehnat organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin