O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


BOB. RIVOJLANGAN MAMALAKATLARDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH MARKAZLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə196/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

BOB. RIVOJLANGAN MAMALAKATLARDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH MARKAZLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI


  1. AQSh va Yaponiya xodimlarni boshqarishning asosiy tamoyillari

Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish so‘nggi o‘n yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan to‘liqroq foydalanish yo‘li bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablag‘larini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi bo‘lgan “inson resurslari” konsepsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, o‘zluksiz o‘qitib borish va ishchining sifatlarini, potensial imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tirof etishga asoslanadi. Bu konsepsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;

  • firma doirasida boshqarish;

  • xodimlar bilan ishlash tizimini qayta qurish;


16.1.1- rasm. “Inson resurslari” konsepsiyasi
Xodimlarni boshqarishning zamonaviy nazariyasi va amaliyotida, industrial taraqqiy etgan mamlakatlarning firmalarida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 2 xil yondashuvni ko‘rish mumkin (16.1-jadval)
“Amerikacha” yoki “bozor” yondashuvida xodimlarini boshqarish asosan tashqi mehnat bozori, iqtisodiyot holati, ma’lum bir tovarga bo‘lgan talab va taklifga qarab tashkil etiladi.
Bu yondashuv ishchi kuchi ortiqchaligi va ishsizlik yuqori bo‘lgan, xukumatning ijtimoiy ta’minot dasturi ishdan bo‘shaganlarni himoya qiladigan va ijtimoiy keskinlikni pasaytiradigan sharoitda vujudga keldi. Bu sharoitda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar bilan ishlash texnologiyasi doimiy ravishda takomillashtirib borilardi va shunga muvofiq ravishda xodimlarni boshqarishning tamoyillari ishlab chiqarilardi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin