Kadrlarnirejalashtirishuchtaketma-ketbosqichniqamraboladi: Axborot bosqichi. Bu bosqichda statistik ma’lumotlar va boshqa zarur axborot to‘planadi, qayta ishlanadi va kadrlar bilan bog‘liq holat shuningdek, uning istiqbolda rivojlanish variantlari tahlil qilinadi;
Kadrlarbo‘yichaloyihalarishlabchiqishbosqichi. Kadrlar bilan bog‘liq holat va uning rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish muqobil variantlar ishlab chiqish uchun asos yaratadi. Bu bosqichda kadrlar bo‘yicha muqobil loyihalar va ularning kadrlar- iqtisodiy maqsadlarga erishishga ta’siri tadqiq qilinadi. Bu bosqich eng ko‘p mehnat va kadrlar xizmatlarini xodimlaridan yuqori malaka talab qiladi;
Qaror qabul qilish bosqichi, ya’ni kadrlar xizmatlari faoliyatini tashkil qilish uchun majburiy yo‘nalish sifatida rejalar variantlaridan birini tasdiqlash bosqichi. Bunda tashkiliy tarkib va shtatlar sonidan kelib chiqqan holda miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan reja ishlab chiqiladi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida faqat sotuvchi, ya’ni xaridorgir molni sotuvga taklif qila oluvchi xaridor bo‘la oladi. Biroq insonlarning ko‘pchiligi tovar ishlab chiqarmaydi, magazinlarga ega bo‘lmasada, ularning hamyonlarida pul ko‘p va bu qonuniy, chunki bu pullar alohida
mol – o‘z ish kuchini sotish evaziga olingan. O‘z ish kuchini sotish uchun yollanma xodimlar maxsus bozor – mehnat bozoriga keladi.
Mehnat bozori – kishilarga o‘z qobiliyatlari va ko‘nikmalariga yarasha ish topish, ish beruvchilarga – tashkilotga zarur bo‘lgan xodimlarni yollash imkoniyatlarini beruvchi usullar, ijtimoiy mexanizmlar va tashkilotlar yig‘indisidir.