O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’ lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mustaqil holda alohida gap bo‘ la olish belgisi



Yüklə 392,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix20.04.2023
ölçüsü392,12 Kb.
#100976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
202.AqnazarovaMunisa

1. Mustaqil holda alohida gap bo‘ la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan 
chambarchas bog‘ langan. O‘ zbek lisoniy tizimi gapda ma’ lum bir 
axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’ no va 
munosabatini ifodalovchi tarkibiy qism zarur bo‘ lishini talab qiladi. So‘ z- 
gapda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin 
kesimlik ma’ no va munosabati so‘ z-gapning o‘ zida mujassamlashgan va 
ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik 
kategoriyasi ma’ nolari hamda kesimlik – gap markazi mavqeida kelishida 
–  fikrni shakllantirish, ifodalash vazifasi bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi 
so‘ zning leksik ma’ nosida mujassam. Shu sababdan bunday gapda 
kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan. 
2. So‘ z-gap mustaqil gap bo‘ la olish qobiliyatiga ega bo‘ lganligidan bu 
so‘ zga nisbatan semantik 
funksional 
shakllangan 
so‘ z-gap atamasi 
qo‘ llaniladi. Bu atamadagi «semantik» tarkibiy qismi hodisaning lug‘ aviy 
(ma’ noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Gap markazi mavqeida kelgan 
bunday leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ ladi, ya’ ni leksik 
birlik ham so‘ z, ham gap. Bu atamaning funksional tarkibiy qismi esa 
so‘ z-gapning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela 
olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional 
shakllangan gap grammatik shakllangan gap ([WPm]) dan farq qiladi va 
kesimlik ma’ nosi so‘ z-gapda leksik birlikning yoki atov birligi Wning 
o‘ zida mujassamlashganligi tufayli lisoniy qurilish qolipi W

sifatida 
berilgan. 
3. So‘ z-gapning o‘ ziga xos g‘ ayrioddiy lug‘ aviy ma’ noga egaligi. Bu 
xususiyat quyidagicha namoyon bo‘ ladi: 


a) ma’ no imkoniyati chegaralangan; 
b) grammatik shaklni talab qilmaydi
d) boshqa so‘ z bilan birikish qobiliyatidan mahrum; 
e) gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan
f) ma’ noli qismga ajralmaydi. 
Shuning uchun ham bu tur leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g‘ ayrioddiy, 
biroq ma’ no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi. 
Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe’ l, 
ravish, taqlid so‘ z turkumlari gapning istalgan bir bo‘ lagi vazifasida kela olsa
so‘ z-gap gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog‘ lovchi, 
ko‘ makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 392,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin