Yarim yopiq savol: Sizningcha, O’zbekistondagi ekologik vaziyat qayd ahvolda?
Yaxshi
Yomon
O’rtacha
Fikringiz _____________________________________
Anketa usuli yordamida so’rov o’tkazishni tashkil etish va amalga oshirish boshqa so’rov metodlari kabi 3 bosqichga bo’linadi.
Adaptasiya (ko’nikish)
Asosiy davr (ma’lumotlarni to’plash)
Yakun yasash
Endi anketaning umumiy kompaziyasi haqida ya’ni anketaning tuzilishi va uning ketma-ketligini ko’rib chiqamiz. Anketa 4 qismdan iborat:
Titul varag’i
Kirish qismi
Asosiy qismi
Ijtimoiy – demografik qismi.
Titul varag’i – anketaning birinchi qismi bo’lib, respondentga murojaatdan boshlanradi va qaysi tashkilot so’rov o’tkazilayotganligi, tadqiqotning umumiy maqsadi, natijalari qanday qo’llanilishi, respondentning shaxsiy ahamiyati, javoblarning kafolatlanishi ko’rsatiladi.
Kirish qismi – anketaning ikkinchi qismi bo’lib, ko’pincha titul va kirish qismlar birgalikda kirish qismi deb yuritiladi. Bu qismda ham anketani to’ldirish qoidalari tushuntiriladi va respondentning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi, respondentning ishtiroki va bergan javoblari uchun minnatdorchilik bildiriladi.
Asosiy qismi – bir necha savollar blokini o’z ichiga oladi.
1-blok: haqiqiy ma’lumot olishga qaratiladi va uncha qiyin bo’kvfufy kontakt savollar beriladi.
2-blok: savollar murakkablashib boradi.
3-blok: eng nozik nazariy savollari kiritiladi va ma’lumotni chuqurlashtirish hamda tekshirishga qaratiladi.
Shundan so’ng anketaning so’nggi qismi tuziladi.
Ijtimoiy – demografik qismi – bu qismda respondentning ijtimoiy ahvoli, harakteristikasi, lavozimi, kasbi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, yoshi, jinsi millati, mehnat staji, daromadi kabilarni aniqlash uchun savollar beriladi.
Anketaning bu qismi pasport qismi deb ham yuritiladi. Bu qismdagi savollar aniq javoblarni talab qiladi, odatda, bu qismdagi javoblarning haqqoniylik darajasi yuqori bo’ladi.
Bu qism eng muhim xususiyati bilan ajralib turadi, ya’ni ma’lumotlar olingandan so’ng tahlil qilishda bu qismga noto’g’ri berilgan javoblar mavjud anketa bekor qilinadi. Anketani tekshirish uchun shu qismdan boshlanadi.