Har qanday tadqiqot muammodan boshlanadi. Avvalgi, ya’ni mazkur muammo borasida aniqlik bo’lmasa, tadqiqotsi mavzuga aloqador bo’lgan boshqa tadqiqotlar natijalarini tahlil qilishi va qo’yilgan maqsadga erishishida ular qanday yordam berishi mumkinligini aniqlashi kerak bo’ladi. Boshqalarning g’oyalariga murojaat qilish olimga tadqiqot loyihasiga kiritilishi mumkin bo’lgan savollarni va mazkur ishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan savollarni aniqroq tasavvur qilishga yordam beradi.
Keyingi bosqich tadqiqot muammoni aniq belgilab olishdan iborat. Agar kerakli adabiyot mavjud bo’lsa, tadqiqotchi kutuxonadan mazkur muammoga qanday yondashish kerakligi haqida aniq tasavvurga ega bo’lib qaytishi mumkin. Ushbu bosqichda u muammoning tabiati haqidagi taxminlarni ma’lum gipotezalarga aylantirishi mumkin. Gipoteza bu – tadqiqotchini qiziqtirayotgan hodisalar o’rtasida qanday aloqa mavjudligi borasida taxminlardir. Tadqiqot samarali bo’lishi uchun, gipoteza shunday tuzilishi kerakki, olingan faktik material uni tekshirish imkonini beradi.
Endi kerakli ma’lumotlarni qanday yo’l bilan olishni aniqlashimiz kerak. Bir qator usullar mavjud bo’lib, ularning qay birini tanlashimiz tadqiqotimiz maqsadlariga va o’rganishimiz kerak bo’lgan xulq-atvor jihatlariga bog’liq. Ba’zi maqsadlarga anketa so’rovi mos keladi, boshqalarida intervyu yoki ko’zatuv o’tkazish o’rinliroq bo’ladi. Albatta, tarixiy sosiologiyaga taalluqli muammo o’rganilayotganda, bu usullarning hyech birini qo’llash mumkin emas. Bu holda biz o’rganayotgan davrga oid xujjatlardan foydalanishimiz kerak. Tadqiqotni o’tkazish paytida ba’zi ko’tilmagan amaliy qiyinchiliklar paydo bo’lishi mumkin. Xususiy firma yoki davlat tashkilotlari tadqiqotchiga rejalashtirgan ishini amalga oshirishga ruxsat bermasligi mumkin. Xujjatli materiallarni topish avval tasavvur qilganidan qiyinroq bo’lib chiqishi mumkin.
Sosiologik tadqiqot dasturi, uning tuzilishi hamda respondentlarning so’rov usullari. Sosiologik tadqiqotlar bo’lajak izlanishlarning ilmiy asoslangan reja va dasturini tayyorlashdan boshlanadi. Dastur hayot haqiqatdan kelib chiqqan va ilmiy – nazariy jihatdan puxta ishlangan bo’lishi lozim. Tadqiqot natijalari qanday bo’lishi ana shu omillarga bevosita bog’liqdir.
Dastur asosan ikki katta bo’lim, ya’ni nazariy metodologik va amaliy – uslubiy bilimlardan iborat.
Nazariy metodologik bo’lib mavzu tanlash, tadqiqot obyektini harakterlash, maqsad va vazifalar, faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o’z ichiga olsa, amaliy – uslubiy bo’lim ma’lumotlarni to’plash usullarini bayon etish, yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi.
Dastur mazmunida jamiyatda turli ta’sirlar oqibatida yuzaga chiquvchi ijtimoiy muammoli vaziyatlar aniq ifoda etilmog’i lozim. Ilmiy muammoning qo’yilishi muayyan soha amal qilayotgan bilimlar chegarasini kengaytirish demakdir.
Sosiologik tadqiqotlar dasturida ilmiy izlanishga sabab bo’lgan ijtimoiy ziddiyatli muammolar va ularning asosiy tushuncha, atamalari atroflicha izohlab beriladi. Tadqiqot dasturini tuzganda yagona tushunchalar apparatiga bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi. Dastur konseptual hamda operasional modellar ham o’zining batafsil ifodasini topgan bo’lishi lozim deb o’ylaymiz.