GLOSSARIY Ijtimoiy ish fanida - ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan hodisa va voqyealarni, uning murakkab muammolarini aniq va obyektiv asosda to’g’ri o’rganib tahlil etishda empirik ijtimoiy ish tadqiqot alohida ahamiyatga egadir.
“Empirik” – so’zi qadimgi yunon so’zidan olingan bo’lib “tajriba”, “tajriba o’tkazish”, “tajriba natijalari” ma’nolarini anglatib Sotsiologik tadqoqotlarning amaliy natijalarini taxlil qilish umumlashtirish, zaruriy xulosa va takliflar va aniq tavsiyalar berishdan iboratdir.
Ijtimoiy ishda tadqiqotlarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xujjatlarni, ma’lumotlarni izlab topish, tahlil qilib aniqlab, to’plab ilmiy, nazariy va amaliy fikrlar berishdan iborat.
Ijtimoiy xujjatlar, ma’lumotlar (faktlar) deganda nazariy va ilmiy asoslangan, amaliy jihatdan tasdiqlangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy hodisa va voqyelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan real natijalarga ega bo’lgan ma’lumotlarga – axborotlarga aytiladi.
Ijtimoiy ish monitoring tizimi ijtimoiy ish fanida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tizimdir.
Ijtimoiy ish fani uchun empirik sotsiologik tadqiqotlar jarayonining eng muhim bosqichi, hisoblangan bosqich.
Ijtimoiy ish tadqiqot natijalarini ilmiy, amaliy jihatdan yuksak saviyada taxlil qilib, ilmiy xulosalar, tavsiyalar, takliflar berish va to’g’ri, aniq salohiyatli hisobot tuzib yakunlashdan iboratdir.
Chunki ijtimoiy ish fani orqali ijtimoiy ish tadqiqotlarning natijalari asosida olingan ma’lumotlar ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, ularni nazariya va gipotezalar asosida amaliyot tajriba natijalarini ilmiy taxlil etib, ulardan nafaqat jamiyat tarmoqlarini alohida-alohida, balki butun jamiyatni boshqarishda (siyosiy-ijtimoiy boshqarishda) amaliy faoliyatda unumli foydalanish uchun imkoniyat yaratiladi va tavsiya, takliflar beriladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, umumjamiyat miqyosiga nisbatan, jamiyat hayotining maxsus sohalarida mikro ijtimoiy ish obyektlar ustida ijtimoiy ish tadqiqatlar olib borish maqsadga muvofiq keladi.
Shuning uchun ham bu soha jiddiy, ma’suliyatli va murakkab bo’ladi. Tadqiqotchi empirik ijtimoiy ish tadqiqotlarning natijalari bo’lgan axborot va ma’lumotlarni to’g’ri taxlil qilib izohlash, xulosa va tavsiyalarni ma’lumotlar matniga mos qilib shakllantirishda katta mahorat, qobiliyat, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar talab qilinadi.
Tadqiqot dasturi – ya’ni ilmiy dastur harqanday nazariy, faraziy, amaliy Sotsiologik tadqiqotning eng muhim zaruriy xujjati bo’lib, unda mavzu tanlash, uning dolzarbligi, obyekt va predmetni xarakterlash, maqsad va vazifalarini, o’tkazish usullarini va yig’ilgan materiallarni to’plash, taxlil, tavsiya, xulosalarni qisqacha bayon qilishdir.
Obyekt va predmet – o’rganiladigan mehnat jamoalari, muassasalar, jamiyatning ma’lum tarmog’i, tadqiqotning obyekti va bu obyektning o’rganiladigan sohaga bog’liq bo’lgan tadqiqot o’tkazilishning muayyan, aniq masalasidir.
Pilotaj tadqiqot – ma’lum ozchilik majmuiga bog’liq bo’lgan muammoni tekshiruv usuliga aytiladi.
Gipoteza – faraz qilish, taxmin etish, qisman bashorat qilishdir.
Maqsad – bu o’rganilayotgan muammoni tadqiq etishdan oldin ongda paydo bo’lgan tadqiqot natijasidir.
So’rov – empirik Sotsiologik tadqiqot o’tkazish jarayonida muammoga doir tuzilgan savollar asosida respondentlar bilan olinib boriladigan savol-javob tadqiqot usullari.
Eksperiment va uning maqsadi – nazariya yoki gipotezani isbotlash yoki inkor etishlik uslubidir.
Respondent – empirik Sotsiologik tadqiqot o’tkazish jarayonida so’rov usuli qo’llanilganda savol-javobga qatnashuvchi, o’z fikrini berguvchilarga aytiladi.
Monitoring – empirik va umuman Sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish va Sotsiologik jarayonlar haqida olinadigan axborot va ma’lumotlardan doimiy foydalanishni ta’minlovchi Sotsiologik tizimdir.
Empirik (empirik Sotsiologik tadqiqot) – u Sotsiologik tadqiqotlardan biriga mansub bo’lib, Sotsiologiyada eng murakkab jarayonlarda tadqiqotlar o’tkazilishi natijasida amaliy axborot va maxlumotlarni tajriba o’tkazish orqali olish usulidir. (Empirik – so’zi yunoncha bo’lib, tajriba – degan ma’noni beradi).
1 И.А.Каримов. “Кучли давлатдан кучли жамият сари”, Тошкент, 1998, 100-бет