O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə115/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Tartibli tizimni qurishda nomenklaturaning barcha pozisiyalari kichik alomat bo’yicha katta alomatlarni hisobga olmasdan kodlashtiriladi. Barcha pozisiyalarga tartib raqamlar o’tkazib yuborilmasdan beriladi. Bu kod ham belgili, qurilishi bo’yicha soda, ammo faqat unda kichik alomat hisobga olingan, bu katta alomat bo’yicha natijalarni avtomatik olishni qiyinlashtiradi. Ushbu tizimning boshqa kamchiligi nomenklaturada zaxirali pozisiyalarning yo’qligidir. Shu bois tartibli tizim cheklangan qo’llanishga ega va barqaror bir alomatli nomenklaturalarni kodlashtirishda foydalaniladi.
Seriyali tizim tartibli tizimni eslatadi, ammo u bilan ikki yoki undan ortiq alomatni, ya’ni ikki va undan ortiq nomenklaturani kodlashtirish mumkin. Nomenklaturaning katta alomatlariga ega har bir guruhga raqamlar seriyasi beriladi. Seriyali tizim nomenklaturaning katta alomatlari uchun zaxirali raqamni ko’zda tutadi. Agar bu tizim mashinaning xotirasida katta alomatlarni ta’riflovchi raqamlar seriyasining raqamlari miqdori bo’lsa, EHMda ishlab chiqarish uchun qulaydir. EHMda barcha katta alomatlarning kodlanishini va guruhlovchi alomatlar bo’yicha yig’ma natijalarning olinishini ta’minlaydi.
Kodlashtirishning pozision tizimida har bir alomat aniq ajratiladi va unga belgililigiga muvofiq bitta yoki bir nechta razryadlar ajratiladi. Keyin har bir alomat 1, 01, 001 va h.k. dan boshlab alomatning belgililigiga ko’ra alohida kodlashtiriladi.
Kodlashtirishning pozision va kombinasiyalashtirilgan ishlab chiqish izchilligi quyidagicha:
- guruhlovchi alomatlarning soni va ularni birgalikda tobe bo’lishianiqlanadi;
- har bir guruhlovchi alomatdagi pozisiyalarning soni belgilanadi;
- avval katta alomatlarni, keyin katta alomatlar ichidagi alomatlar tartib raqamlarini, uning katta alomat doirasidagi kichik alomat miqdoriga muvofiq har bir 1, 01, 001 dan boshlab kodlashtirish o’tkaziladi;
- klassifikator tuziladi;
Kodlashtirishning bundan tashqari, qaytarilish kod iva cheklangan qo’llanishga ega shaxmat tizimidan ham foydalaniladi. Qaytariliz kodi sifatida biror-bir nomenklaturaning raqami, masalan, avtomobillarning garaj raqami, omborning raqami va boshqalar ishlatiladi. Shaxmatli tizim barqaror aloqaga ega ikki alomatli nomenklaturani kodlashtirish uchun qo’llaniladi. U jadval ko’rinishida tuziladi va pozision tizimni eslatadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin