O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə44/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118
yakuniy nazorat (YAN) – semyestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.
ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
««Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning metodologiyasi, metodikasi va texnikasi’’ » fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
YA.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-35 ball va O.N.-35 ball qilib taqsimlanadi.

Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86-100

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib byerish. Tasavvurga ega bo’lish.

71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib byerish. Tasavvurga ega bo’lish.

55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib byerish
Tasavvurga ega bo’lish.

0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo’lmaslik. Bilmaslik.

Fan bo’yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.


Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tyegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: , 100OVR=--------
bu yerda: V- semyestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);
O’ -fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy JN va oraliq ON turlari bo’yicha 55bal va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin