6.5.6 Bitiruv malakaviy ish (loyihasi) Bitiruv malakaviy ish(loyiha)lar mavzui ta`lim muassasasining bitiruvchilarini chiqaruvchi kafedralari tomonidan kadrlar buyurtmachilarining talablarini, shuningdek zamonaviy fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ish(loyiha)larining mavzui ijtimoiy yoki ilmiy-tadqiqot yo’nalishida bo’lishi mumkin.
Talabaga bitiruv malakaviy ishi(loyiha) topshirig’i, odatda, u uchinchi kursni tugatgandan so’ng beriladi. Ish (loyiha) to’rtinchi kurs davomida, shuningdek, mazkur standartda bajarish uchun ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi.
7 Bakalavriatning asosiy ta`lim dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan sharoitlarga bo’lgan talablar
7.1 Bakalavriatning asosiy ta`lim dasturlari o’zlashtirilishiga belgilangan umumiy talablar 7.1.1 Ta`lim dasturini ishlab chiqishda OTM respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy tarmoqlari, boshqaruv va xo’jalik yuritish sub`ektlari uchun fundamental, ayniqsa, yuqori va innovatsion texnologiyalar bo’yicha chuqur bilim hamda amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan kadrlar ehtiyojini hisobga olishi kerak.
Oliy ta`lim muassasalari asosiy ta`lim dasturini fan, texnika, madaniyat, iqtisodiyot, texnologiya va ijtimoiy soha rivojlanishini hisobga olgan holda muntazam ravishda yangilab turishi lozim. 7.1.2 Ta`lim dasturini ishlab chiqishda OTM tomonidan bitiruvchilarning umummadaniy kompetentsiyalarini (ijtimoiy o’zaro ta`sir, o’z-o’zini tashkil qilish va boshqarish, tizimiy-faoliyat tavsifidagi kompetentsiyalarni) shakllantirishdagi imkoniyatlari aniqlangan bo’lishi kerak. OTM o’zining ijtimoiy-madaniy muhitini shakllantirishga, shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratishga mas`ul.
OTM o’quv jarayonini ijtimoiy-tarbiyaviy rivojlantirishga, talabalarning ijtimoiy tashkilotlar ishida, sport va ijodiy to’garaklarda, magistrlarning ilmiy jamiyatlarida ishtirokiga ko’maklashishi lozim.
7.1.3 Kompetentli yondoshuvni amalga oshirish o’quv jarayonida mashg’ulotlarning faol va interfaol (komp’yuter simulyatorlari, ishbilarmonlar o’yini, muayyan vaziyatlarni ko’rib chiqish va h.k.) shakllarini o’tkazishni, talabalarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida auditoriyadan tashqari ish bilan birgalikda jahon pedagogik amaliyotida qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o’qitishning samarali strategiyalari, metodlari va uslublarini keng qo’llashni nazarda tutishi kerak.
Faol va interfaol shakllarda o’tkazilayotgan mashg’ulotlarning ulushi dasturning asosiy maqsadi, o’qiyotgan kontingent xususiyatlari va muayyan fan mazmuni bilan aniqlanadi. Talabalarning akademik guruhlari uchun ma`ruza turidagi mashg’ulotlar auditoriya mashg’ulotlarining 50 % idan ortmasligi kerak.
7.1.4 Talabalar o’quv yuklamasining maksimal hajmi asosiy ta`lim dasturi va ta`lim dasturiga OTM tomonidan qo’shimcha belgilanadigan fakul’tativ fanlarni o’zlashtirish bo’yicha auditoriya va auditoriyadan tashqari (mustaqil) ta`lim bilan birgalikda haftasiga 54 akademik soatdan oshmasligi kerak.
7.1.5 OTM talabalar uchun o’qish dasturini, bo’lishi mumkin bo’lgan individual ta`lim dasturlarini ishlab chiqishni inobatga olgan holda, shakllantirishda real ishtirok etish imkoniyatini ta`minlashga mas`ul.
7.1.6 O’quv dasturini shakllantirishda OTM talabalarni ularning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishga, talabalar uchun tanlov fan(modul, kurs)lari majburiy ekanligini tushuntirishi kerak.
7.1.7 Talabalarda bilim, amaliy malaka va ko’nikmalarni to’liq shakllantirish uchun OTM ta`lim dasturi o’quv fanlari (modullari) bo’yicha laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlarni qamrab olishi kerak.