O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


EHMda axborotlarni kodlashtirish va uni talablari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə97/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
EHMda axborotlarni kodlashtirish va uni talablari
Iqtisodiy vazifalarni ishlab chiqishEHMda turli hil ma`lumotlar, jadvallar, qaydnomalarni tuzish bilan tugaydi, ularda axborotlar rekvizitlar bo`yicha guruhlarga ajratiladi. Ishlab chiqarish uchun qo`ylay shaklda taqdim etishga imkon beruvchi tasniflash va kodlashtirish tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy axborot xujjatlarda raqamlar va qarorlar ko`rinishida qayd etiladi.
Kod ob`ektni kodlash tizimi tomonidan belgilangan ayrim qoidalar bo`yicha belgilar yoki belgilar guruhi bilan shartli belgilanishdir. Kodlar raqamli, harfli, harfli-raqamli va bir yoki bir necha belgilardan iborat bo`lishi mumkin. Mashinada ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan guruhlash uchun eng qulay bo`lgan raqamli shaklda kodlashtirilgan axborotlarga afzallik beriladi.
Kodlashtirish ikki xildagi ko`rinishga ega.
Birinchi – xujjatlarda kodlarni qo`lda qo`yish. Bu holda klassifikatorlar ma`lumotlar ko`rinishida rasmiylashtiriladi va iqtisodchilar tomonidan birlamchi va yig’ma xujjatlarni mashinada ishlab chiqishga tayyorlash uchun foydalaniladi.
Agar mashinada ishlab chiqish korxonalarda ma`lumotlarni birlamchi xujjatlarda kiritish amalga oshirilsa, unda xujjatlar oldindan kodlashtiriladi, kodlar xujjatning maxsus ajratilgan joyiga, xujjatning doimiy va o`zgaruvchan alomatlari zonasiga yo`riqnomaga muvofiq qo`lda qo`yiladi. Kodlarni qo`yishini noto`g’riligining nazorati nazorat summasini qo`yish yoki qo`shimcha himoya kodini kiritish usuli bilan amalga oshiriladi.
Ikkinchi holatda klassifikatorlarni mashinaning xotirasida, ma`lumotlar bankining mashina manbalarida lug’at jamg’armasi yoki shartli-doimiy axborot sifatida saqlanishi ko`zda tutiladi. Bir qator muassasalarda, masalan, O`zbekiston makroiqtisodiyoti va statistika vazirligida ba`zi bir umumdavlat klassifikatorlarini eHMga avtomatlashtirilgan kiritilishi ta`minlangan.
Kodlarning oldiga bir qator talablar qo`yiladi, ular kodlashtirilishi kerak bo`lgan nomenklaturalarni qamrab olishlari, bitta iqtisodiy ob`ektning ichidagi turli xil (masalan, materiallar, bo`linmalarning kodlari buxgalteriya hisobi va moddiy-texnik ta`minot) vazifalari uchun yagona bo`lishi, erkin raqamlar raxirasiga ega bo`lishi (ammo ortiqcha emas, chunki bu kodning belgililigi oshib ketishiga olib kelishi mumkin), kodli belgilanishning eng kichik lohixalashtirilishi kerak.
Ushbu nomenklatura kodlarning belgililigi barcha jihatlar (pozitsiyalar) orqali bir xil bo`ladi. Ba`zida asosiy kodga tayyor orqali nazorat razryadi qo`shiladi, u iqtisodchi tomonidan koda qanday raqam xato qo`yilganda yoki raqamlarning o`rinlari almashtirib qo`yilganda mashina tomonidan xatoning avtomatik topilishini ta`minlaydi. Amaliyotda ko`rinadiki, bu kodlashtirishda eng ko`p yo`l qo`yiladigan xatolardandir. SHuning uchun masalan, bank axborotini ishlab chiqishda nazorat razryadi mijoz shaxsiy hisobning raqamiga va bank filiali raqamiga ega bo`ladi.
Kodlarni belgilashda axborotlarni guruhlarga ajratilishini ta`minlash, barcha guruhlovchi alomatlar bo`yicha yakunlarni chiqarish va ularni yig’ma jadvallarda bosib chiqarishdan iborat bo`ladi. Ular ishlab chiqarishning axborotlarni qidirish, saqlash, tanlab olishkabi tadbirlarni bajarishda keng qo`llaniladi, ularni aloqa kanallar bo`yicha uzatishda vaqtni ancha qisqartiradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin