Kirish qismi – anketaning ikkinchi qismi bo`lib, ko`pincha titul va kirish qismlar birgalikda kirish qismi deb yuritiladi. Bu qismda ham anketani to`ldirish qoidalari tushuntiriladi va respondentning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlanadi, respondentning ishtiroki va bergan javoblari uchun minnatdorchilik bildiriladi.
Asosiy qismi – bir necha savollar blokini o`z ichiga oladi.
1-blok: haqiqiy ma`lumot olishga qaratiladi va uncha qiyin bo`kvfufy kontakt savollar beriladi.
2-blok: savollar murakkablashib boradi.
3-blok: eng nozik nazariy savollari kiritiladi va ma`lumotni chuqurlashtirish hamda tekshirishga qaratiladi.
SHundan so`ng anketaning so`nggi qismi tuziladi.
Ijtimoiy – demografik qismi – bu qismda respondentning ijtimoiy ahvoli, harakteristikasi, lavozimi, kasbi, oilaviy ahvoli, ma`lumoti, yoshi, jinsi millati, mehnat staji, daromadi kabilarni aniqlash uchun savollar beriladi.
Anketaning bu qismi pasport qismi deb ham yuritiladi. Bu qismdagi savollar aniq javoblarni talab qiladi, odatda, bu qismdagi javoblarning haqqoniylik darajasi yuqori bo`ladi.
Bu qism eng muhim xususiyati bilan ajralib turadi, ya`ni ma`lumotlar olingandan so`ng tahlil qilishda bu qismga noto`g’ri berilgan javoblar mavjud anketa bekor qilinadi. Anketani tekshirish uchun shu qismdan boshlanadi.
Har qanday tadqiqot muammodan boshlanadi. Avvalgi, ya`ni mazkur muammo borasida aniqlik bo`lmasa, tadqiqotsi mavzuga aloqador bo`lgan boshqa tadqiqotlar natijalarini tahlil qilishi va qo`yilgan maqsadga erishishida ular qanday yordam berishi mumkinligini aniqlashi kerak bo`ladi. Boshqalarning g’oyalariga murojaat qilish olimga tadqiqot loyihasiga kiritilishi mumkin bo`lgan savollarni va mazkur ishda qo`llanilishi mumkin bo`lgan savollarni aniqroq tasavvur qilishga yordam beradi.
Keyingi bosqich tadqiqot muammoni aniq belgilab olishdan iborat. Agar kerakli adabiyot mavjud bo`lsa, tadqiqotchi kutuxonadan mazkur muammoga qanday yondashish kerakligi haqida aniq tasavvurga ega bo`lib qaytishi mumkin. Ushbu bosqichda u muammoning tabiati haqidagi taxminlarni ma`lum gipotezalarga aylantirishi mumkin. Gipoteza bu – tadqiqotchini qiziqtirayotgan hodisalar o`rtasida qanday aloqa mavjudligi borasida taxminlardir. Tadqiqot samarali bo`lishi uchun, gipoteza shunday tuzilishi kerakki, olingan faktik material uni tekshirish imkonini beradi.
Endi kerakli ma`lumotlarni qanday yo`l bilan olishni aniqlashimiz kerak. Bir qator usullar mavjud bo`lib, ularning qay birini tanlashimiz tadqiqotimiz maqsadlariga va o`rganishimiz kerak bo`lgan xulq-atvor jihatlariga bog’liq. Ba`zi maqsadlarga anketa so`rovi mos keladi, boshqalarida interv’yu yoki ko`zatuv o`tkazish o`rinliroq bo`ladi. Albatta, tarixiy sotsiologiyaga taalluqli muammo o`rganilayotganda, bu usullarning hech birini qo`llash mumkin emas. Bu holda biz o`rganayotgan davrga oid xujjatlardan foydalanishimiz kerak. Tadqiqotni o`tkazish paytida ba`zi ko`tilmagan amaliy qiyinchiliklar paydo bo`lishi mumkin. Xususiy firma yoki davlat tashkilotlari tadqiqotchiga rejalashtirgan ishini amalga oshirishga ruxsat bermasligi mumkin. Xujjatli materiallarni topish avval tasavvur qilganidan qiyinroq bo`lib chiqishi mumkin.