Interv’yu – interi’yuer bilan respondent bevosita maqsadga muvofiq suhbati orqali ma`lumot olish usulidir.
Interv’yur – respondent bilan maqsadga yo`naltirilgan, oldindan dasturlashtirilgan suhbat.
Texnikasi va shakli bo`yicha interv’yu 3 xil bo`lishi mumkin:
Nostandart – bunda suhbat umumiy mavzuda olib boriladi. Savollar oldindan tuzilmagan bo`ladi.
YArimstandart – interv’yuning bu shaklida savollar oldindan tuzilgan bo`ladi hamda mavzu yuzasidan qo`shimcha savollar ham bo`ladi.
Standart – bu i nterv’yu shaklida savollar dasturi tuzib olingan bo`ladi, yopiq savollardan foydalaniladi.
Suhbat davomida interv’yuning quyidagi vazifalari mavjud:
Respondentning interv’yuga o`rgatish, suhbat savollarini to`g’ri aniq, tushunarli qilib berish, respondentga ijtimoiy – ruhiy ta`sir o`tkazish, maqsadini aniq etkaza bilish, respondent bergan javoblarni tartib bilan qayd etib borish, suhbatni respondentga mos usulda tashkil etish, chalg’ituvchi savollar berish, suhbat oxirida respondentga mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildirish va sotsiologik ma`lumotlarni to`plash.
Interv’yuer ma`lumotlarni qayd etish uchun magnitafondan foydalanishi mumkin. Bundan suhbatni tasmaga yozib olishda qo`llash mumkin. Suhbat paytida mazmun nafaqat so`zlar, balki ishoralar, mimika orqali ham o`zatiladi, shuning uchun vidiotasvir suhbatni yozishning takomillashgan vositasi hisoblanadi.
Anketa orqali so`rov o`tkazishni tashkil etish Sotsiologik tadqiqotlar ichida o`zining samarali va ishonchliligi bilan muhim o`rin egallovchi metod, so`rov metodi bo`lganidek, so`rov metodining tadqiqot o`tkazish uchun qo`llaniladigan usullari ichida o`zining qo`layligi, samaradorligi va tejamliligi bilan anketa usuli etakchi o`rin tutadi.
Anketa – bu muammoni hal qilish uchun ilgari surilgan gipotezani tekshirishga yoki muammoni hal qilish yo`llarini topishga layoqatli savollar tizimidir. SHuni ta`kidlab o`tishimiz kerakki, so`rov metodi u interv’yu bo`ladimi, anketa bo`ladimi, test bo`ladimi umuman bu metodning asosiy instrumenti savol hisoblanadi. Anketada ham savollar asosiy un6sur bo`lib, uning qay darajada tuzilishi sotsiologik ma`lumotlar to`planishida va sifatli javoblar olinishida muhim rol’ uynaydi.
Anketa savollar shakliga ko`ra to`g’ridan-to`g’ri, ochiq, yopiq, yarim yopiq bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, savollar muqobil bo`lishi mumkin. Masalan, Siz bo`sh vaqtingizda nima bilan shug’ullanasiz?