O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə91/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   118
Anketalashtirish – yozma shakldagi so`rov bo`lib, texnikasiga ko`ra tarqatiladigan, matbuot orqali, telefon orqali amalga oshirilishi mumkin.

Bu usul talabalar guruhida so`rov o`tkazishda qo`l keladi. Bunda tarqatiladigan anketa so`rovnomasidan foydalaniladi.

  1. Interv’yu (suhbatlashish) – og’zaki so`rov turi hisoblanib, respondent bilan interv’yur yuzma-yuz savol javobni amalga oshiradi. Interv’yudagi talabalar guruhida foydalanishda guruhiy interv’yu ko`rinishidagi turidan foydalanish kerak. Bu interv’yu usulida odatda, umumiy mavzuda munozara yuritiladi.

  2. Sotsiometrik – bu so`rov guruhidagi shaxslararo munosabatlarning yaxshi ko`rish, yoqtirmaslik, do`stlik, adovat va boshqa jihatlarini o`rganish uchun qo`llaniladi. Bu so`rov metodi J.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan.

  3. Test – guruhda o`tkazilishi yoki shaxsan bir kishida ham o`tkazish mumkin. CHunki bu usul yordamida shaxsning intellektual qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari o`rganiladi. Test usulidan ko`pincha talabalarning bilimini aniqlashda qo`llashadi.

Bundan tashqari, so`rovning panel’, ekspert, yaxlit so`rov turlari ham mavjud bo`lib, bu usullardan talabalar guruhida ayrim hollardagina foydalanish mumkin.
So`rov usulining mohiyati shuki, tadqiqotchi savol beradi va respondent o`zining dunyoqarashi, ma`lumoti, bilimi va xohishidan kelib, savollarga javob beradi. So`rovlar odatda unchalik batafsil ma`lumot bermaydi, lekin uning to`g’riligiga shubha qilmasa ham bo`ladi.
So`rov metodidan foydalanishda tadqiqotchi juda muhim rol o`ynaydi. U to`planayotgan ma`lumotlarga juda katta ta`sir o`tkazishi mumkin.
SHuning uchun tadqiqotchi sotsiologa bir qancha talablar qo`yiladi. Bu talablar quyidagilardan iborat:

  1. Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi,

  2. Respondent savollarga javob berishni xohlaydimi yoki yo`qmi?

  3. Respondent savollarga javob bera oladimi, yo`qmi?

  4. Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qay tarzda, qay shaklda berish kerak?

Mana shu savollarni topa olgan tadqiqotchining tadqiqoti samarali ma`lumot tuplay olishi va muammoni hal eta olishi mumkin.
So`rov metodi boshqarish uchun qulay usuldir. So`rov metodining boshqa metodlardan imkoniyati katta hisoblanadi. So`rov metodi ham boshqa metodlar kabi o`zining ustunlik va kamchilik tomonlariga ega. Buni quyidagi jadval orqali bilib olishimiz mumkin. Jadvalda so`rov metodining boshqa metodlarga nisbatan qiyosiy tahlili berilgan.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin