O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


XUJJATLARNI O’RGANISH USULI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə87/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
XUJJATLARNI O’RGANISH USULI

Sotsiologik tadqiqotlarda xujjatlarni o’rganish usuli keng tarqalgan usul bo’lib, obyekt va predmet haqida to’g’ri ma’lumotga ega bo’lishda muhim ahamiyatga egadir. Entoni Giddens fikricha, “xujjatli tadqiqot – Sotsiologik ma’lumot yig’ishining eng keng tarqalgan usullardan biridir”14- deb ta’riflagan. Xujjatlarni o’rganishning afzalligi shundaki, ya’ni unda xujjat moddiy va ma’naviy ta’sir manbai hisoblanib, voqyea va hodisalar, faktik materiallarni o’zida ifodalaydi. Eng muhimi bu xujjatlarda o’rganilayotgan obyektning ijtimoiy sohasi insonlar, jamoa fikrlari. “Hodisa va voqyealarga jamoatchilik munosabatlari va shu sohaga taaluqli jarayonlar yozma shaklida bayon etilgan bo’ladi. Bu yozmada tadqiqot uchun qimmatli boshqa belgilar chizma shaklida ham bo’lishi mumkin. Xufyali ahamiyatga ega bo’lgan yozma xujjatlarning sirli holatdagilarini maxsus bo’limga ega bo’lgan muayyan kishilar o’rganishligi zarurdir” – deb xisoblaydi Entoni Giddens.


Xujjatlar saqlanish muddatlari, qimmatliligi, mohiyati, mazmuni, ahamiyati sirli yoki sirli emasligi ma’lum bo’lgandan keyin tadqiqot natijalari istagan manbada va istalgan usulda bayon etilishi mumkin. Xujjatlar mansabdor shaxslar, tashkilot, muassasa, xatto arxiv materiallari ham rasmiy rekvizitlarga ega bo’lishi qonuniy tartibot talablariga javob berishi shartdir. Sotsiologik tadqiqotda eng ko’p qo’llaniladigan xujjat turlariga ommaviy va shaxsiy yozuvlar (arxiv manbalar), davlat xujjatlari, cherkov kitobidagi yozuvlar, xatlar va sud bayonnomalari kirishi mumkin15. Umuman Sotsiologiya fani uchun tadqiqot va kuzatilishga, o’rganilishiga sabab bo’lgan hamma xujjatlar mazmuni birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lib, bu holat xujjatning realligi va haqqoniyligiga ham ko’p narsa bog’liqdir.
Xujjatlar mohiyati, mazmuni, talabi, maqsadi, shakli, hajmi va vazifasiga muvofiq turli xilda bo’lishi mumkin. Jumladan: a) qayd etish usuliga ko’ra bir-biridan farq qiladigan xujjatlar (qo’lyozma, bosma yozuv, kino va magnit lentasi tasmasidagi yozuvlar, fotosuratlar va h.k.);
b) aniq va muayyan maqsad asosida olinadigan xujjatlar (tadqiqot dasturiga ko’ra tadqiqotchi tomonidan tuziladigan maxsus xujjatlar);
v) shaxsga doir xujjatlar (shaxsiy xujjatlar, xatlar, kundalik, xatto qisman estaliklar ham), va shaxsga aloqasi bevosita kam ammo ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan xujjatlar (statistik materiallar, matbuot ma’lumotlari, majlis protokollari, zarur bo’lsa tergov materiallari);
g) rasmiylik nuqtai-nazaridan bir-biridan farq qiladigan xujjatlar, (davlat statistik rasmiy axborotlariga ilova qilinadigan ma’lumotlar, qarorlar, farmonlar, ularga beriladigan tahlillar, ko’rsatmalar, shuningdek norasmiy xujjatlar – ya’ni alohida shaxslar tomonidan yoziladigan arizalar, shikoyatlar, taqrizlar, guvohlik ko’rsatmalar va boshqa xujjatlar);
d) informasiya manbai xarakteriga xos bir-biridan farq qiladigan xujjatlar, (ya’ni informasiya orqali kuzatish yoki so’rash orqali olinadigan birlamchi xujjatlar va ikkalamchi informasion materiallardir. Ikkilamchi informasion xujjat birlamchi ma’lumotni umumlashtirish yoki qayta ishlash, qayta tekshirish natijasida olinadigan ma’lumotlardir).
Yuqorida tahlil qilingan uslubiy yo’nalishlar empirik Sotsiologik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu usullar ma’lumotlarni taxlil qilishda bevosita matematik metodlar bilan ham uzviy bog’liqdadir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin