28. Sotsiologiyada intervyu nima?
A) nemischa uchrashuv ma’nosini bildirib, dastur bo’yicha tadqiqot muammosini aniqlash.
V) frantsuzcha so’z bo’lib, qisqa yoki uzoq muddatga mo’ljallangan suhbat.
S) lotincha so’z bo’lib, ma’lumot to’plash bo’yicha o’tkaziladigan savol-javob.
D) inglizcha uchrashuv ma’nosini bildirib, muayyan reja asosida o’tkaziladigan suhbat, respondent bilan sotsiolog o’rtasidagi bevosita aloqa.
E) ispancha ma’nodagi respondent bilan sotsiolog o’rtasidagi savol-javob.
29. Sotsiologik tadqiqotlarga “test” termini (sinov usuli) birinchi marta kim tomonidan kiritilgan?
A) AKSH psixologi J.Kettell.
V) Frantsuz psixologi A.Bine.
S) ingliz psixologi F.Galton.
D) nemis psixologi V.SHtern.
E) rus sotsiologi V.A.YAdov.
30.Test usuli qiyinchilik darajasiga qarab sodda, biroz qiyin, qiyin va o’ta qiyin qilib belgilangan savollar foizini aniqlang.
A) 50, 30, 11, 9 =100%
V) 45, 30, 16, 9 =100%
S) 40, 35, 15, 10 =100%
D) 42, 33, 16, 9 =100%
E) 55, 25, 15, 5 =100%
IJTIMOIY ISHDAGI TADQIQOTLARNING METODOLOGIYASI, METODIKASI VA TEXNIKASI TASHKIL ETISH VA UMUMLASHTIRISH
R E J A:
1. Sotsiologik tadqiqotlar tushunchasi, uni tashkil etish, o’tkazish dasturi haqida
2. Aniq Sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish usullari, turlari va Sotsiologik monitoring haqida
3. Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, umumlashtirish va uning ahamiyati
SOTSIOLOGIK TADQIQOTLAR TUSHUNCHASI, UNI TASHKIL ETISH, O’TKAZISH DASTURI HAQIDA
Sotsiologiya fanida ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan hodisa va voqyealarni, uning murakkab muammolarini aniq va obyektiv asosda to’g’ri o’rganib tahlil etishda empirik Sotsiologik tadqiqot alohida ahamiyatga egadir. U siz fanni o’rganish, atroflicha fikr va xulosalar berish, ijtimoiy guruhlar, shaxslar ular faoliyatlari, individlararo aloqa va vosita munosabatlariga aniq va to’g’ri baho berib bo’lmaydi. Shu sababli empirik Sotsiologik tadqiqotlar Sotsiologiya fanida markaziy o’rinni egallaydi.
“Empirik” – so’zi qadimgi yunon so’zidan olingan bo’lib “tajriba”, “tajriba o’tkazish”, “tajriba natijalari” ma’nolarini anglatib Sotsiologik tadqoqotlarning amaliy natijalarini taxlil qilish umumlashtirish, zaruriy xulosa va takliflar va aniq tavsiyalar berishdan iboratdir. Ayniqsa Sotsiologiya tadqiqotlarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xujjatlarni, ma’lumotlarni izlab topish, tahlil qilib aniqlab, to’plab ilmiy, nazariy va amaliy fikrlar berishdan iborat bo’lib, bu esa Sotsiologiya fanidan muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy xujjatlar, ma’lumotlar (faktlar) deganda nazariy va ilmiy asoslangan, amaliy jihatdan tasdiqlangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy hodisa va voqyelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan real natijalarga ega bo’lgan ma’lumotlarga – axborotlarga aytiladi.
Sotsiologiya fanidan empirik tadqiqotlardan foydalanish XX asrning 50-60 yillarida AQShda keng tarqalib, G’arbiy Yevropa va boshqa bir qator mamlakat Sotsiologiyalari tomonidan keng ko’lamda qo’llanilgan va qo’llanilmoqda.
Hozirgi sharoitda mustaqil va suveren O’zbekistonimiz taraqqiyotida kuchli huquqiy davlatdan kuchli fuqarolik huquqiy demokratik jamiyat qurish sari, asta-sekin bozor munosabatlariga o’tish jarayonida Sotsiologiya fanida empirik Sotsiologik tadqiqotlarga alohida e’tibor berishni taqqoza etmoqda. “Ishonchim komilki, vaqti-soati kelib, bugungi o’tish davri uchun zarur bo’lgan kuchli davlat funksiyalari va alomatlari asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o’tadi”1- deb ta’kidlagan edi Respublikamiz Prezidenti. Chunki jamiyatimiz hayotida jiddiy o’zgarishlar ro’y berayotganligi, jamiyat a’zolari o’rtasidagi, millatlararo aloqa va munosabatlardagi ijobiy o’zgarishlarni amaliy Sotsiologik tadqiqotlar asosida ilmiy o’rganishni, nazariy va amaliy xulosalar chiqarishni, jamiyatni ilmiy boshqarish zarurligini hozirgi kun taraqqiyoti talab etmoqda. Bu esa bevosita Sotsiologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifasidir.
Jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida mavjud va yuz beradigan ijtimoiy muammolarni o’rganib, tahlil qilib, xal etib borishda, jamiyatni ijtimoiy rivojlanib, uning kelajagi uchun maqsad va takliflar (prognoz) berish, jamiyatni ilmiy boshqarish zarurligi haqida amaliy xulosalar berishda empirik Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazib ijobiy, obyektiv, aniq natijalarga ega bo’lish muhim ahamiyatga egadir.
Chunki, - deb ta’kidlaydi yirik sosiolog olim Entoni Giddens, - “tadqiqot metodologiyasi natijalar talqini va olingan ma’lumotlar taxlilining mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi. Tadqiqot usullari – bu ijtimoiy dunyoni o’rganishda qo’llaniladigan haqiqiy usullardir”2.
Empirik Sotsiologik tadqiqotlarning sifat natijalari va samaradorligi yuqori bo’lishligi, amaliy tajribalarning olingan hamma ma’lumotlarning to’g’ri va ishonarli bo’lishi muhim ilmiy ahamiyatga ega bo’lganligi sababli uning metodologik – uslub va uslubiyatiga, ilmiy asoslanganligiga alohida e’tibor bermoq lozimdir. Bu holat esa ilmu-fanda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, to’plangan hamma ma’lumotlarni ma’lum yo’nalishga solishda, ilmiy programma – dastur asosida va alohida aniq metodologik – empirik tadqiqotlarning nazariy-amaliy metodologiyasiga asoslangan ilmiy dastur eng muhim va zaruriy xujjat hisoblanib, shu dastur asosida empirik Sotsiologik tadqiqotlar olib boriladi.
Ilmiy asoslangan dastur o’zida muammolarni aks ettirishi va amalda nimalarni qo’llashi mumkin. Ilmiy-tadqiqot dasturi asosan ikki bo’limdan iborat bo’lib, birinchi bo’limda nazariy va metodologik jihatdan asoslangan bo’lib, bu bo’limni nazariy metodologik bo’lim va ikkinchi bo’limni esa, amaliy uslubiy bo’lim sifatida talqin qilinadi. Bu bo’limni bir qator o’quv adabiyotlarida ish tartibi (prosedura) bo’limi ham deb ta’riflanadi. Dasturning birinchi bo’limida bajariladigan ishlar asosan problemali mavzu tanlash, tadqiqot obyektini aniqlash xarakterlash, maqsad va vazifalarni belgilash, predmet va faraz qilish sohalarini aniqlab rejalashtirishdan iboratdir. Dasturning ikkinchi bo’limida esa asosan ma’lumotlarni to’plash usuli va uslublarini bayon etish, to’plangan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish, taklif va tavsiyalar berishdan iboratdir.
Ilmiy dasturning bajarilishi zarur bo’lgan punktlarini taniqli iqtisodchi olim N.S. Aliqoriyev quyidagicha ko’rsatadi. Ya’ni, nazariy-metodologik bo’limda muammo qo’yish; tadqiqot maqsadi va vazifalarini aniqlash; tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash; muammoning nazariy taxlili; asosiy tushunchalarini belgilash; obyektning sistemal tahlili; tushunchalarni nazariy va empirik interpritasiya va gipotezani aniqlash kabi yo’nalishlardan iborat bo’lishini ko’rsatadi. Ish tartibi (prosedura) bo’limiga esa – tadqiqotning prinsipial rejasini tuzish; tadqiqot to’plash metodi va texnikasini tanlash; tanlangan metodlarni tuzish va asoslash; olingan bilimlarni gipotenuza bo’yicha analiz usullarini belgilash; obyekt tadqiqotini o’tkazish; xulosalarni belgilash, yangi tushunchalar, faktlar, nazariyalar, tendensiyalarni ifodalash3 kabi punktlardan iborat bo’lishligini ko’rsatadi va hammasini asosli ravishda tahlil qilib bergan. Ushbu muammoni, ya’ni empirik Sotsiologik tadqiqotni ingliz sosiolog olimi Entoni Giddens esa birinchidan “izlanish ishlari yoki strategiya sifatida umuman tadqiqotlarni rejalashtirish va o’tkazishni, ya’ni tadqiqot strategiyasidan va ikkinchidan, tadqiqot metodologiyasidan iborat ekanligini ko’rsatib4 unga taaluqli yo’nalishlarni alohida-alohida ta’riflab beradi5. Ikkala avtorning ham o’zlariga xos milliylik xususiyatlariga muvofiq fikrlari muhim ahamiyatga ega bo’lib, talabalar, sosial tadqiqotlar olib boruvchilar va Sotsiologiya bilan qiziquvchilar uchun foydalidir.
Demak, ilmiy dasturni amaliy bajarish uchun qanday yo’nalishlar asosida bajarilishidan qat’iy nazar, sosiolog olimlar o’z oldilariga muayyan bir masalani, yaxlit maqsadli vazifani bajarishni shart qilib qo’yadilar. Bu holat bevosita mavjud muammoning qo’yilishidan boshlanadi.
Jamiyatda mavjud biron-bir muassasa, korxona yoki tashkilot o’z taraqqiyoti jarayonida bironta muammoni hal qilishi zarur bo’lib qoladi va u ijtimoiy buyurtmachi sifatida namoyon bo’ladi, bu buyurtma ilmiy asoslangan bilimni taqoza etadi. Bunday bilim buyurtmachida bo’lmaganligi sababli professional bilimga ega bo’lgan sosiolog olim yoki mutaxassislarga ehtiyoj tug’iladi. Demak, mavjud ilmiy dasturga asos bo’laoladigan muammo amaliy jihatdan (muassasa, korxona yoki tashkilot) hal bo’lishi mumkin bo’lmasligi, amaliy vositalar imkoni bo’lmaganligi sababli ilmiy-tadqiqot o’tkazishga, ilmga ehtiyoj tug’iladi va ilmiy asosda hal etishga murojaat qiladi. Bu holat, ya’ni ilmiy-tadqiqatga murojaat ijtimoiy buyurtma deb ataladi, uni bajarish esa sosiolog-tadqiqatchi tashabbusi, bevosita ishtiroki bilan ikki yo’nalishda hal etiladi.
Birinchisi – ijtimoiy buyurtma va ikkinchisi esa sosiolog tashabbusi – ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bu holat esa muammoning qo’yilishi sifatida namoyon bo’ladi. Bu borada sosiolog Entoni Giddens – avvalgi tadqiqotlarda mazkur savol ravshanlangan va boshqa adabiyotlarni o’qib chiqqan bo’lsa yetarli, - deydi. Agar mazkur muammo borasida aniqlik bo’lmasa, tadqiqotchi boshqa tadqiqat natijalarini o’rganib, o’z muammosiga qanday yordam berishini aniqlash kifoya bo’ladi, - deydi. Bu holat esa muammo qo’yilishiga sabab bo’ladi.
Muammo qo’yilgandan so’ng esa tadqiqot maqsad va vazifalarini aniqlashga kirishiladi. Ilmiy muammoga qo’yiladigan va kutiladigan maqsad bu avvl inson tafakkuriy ongidan oldin paydo bo’lib, uni qanday amalga oshirish darajalari aniqlanib, uning o’rganilish jarayoni darajasi, ijtimoiy manfaatli tomonlari, obyekt rivojlanish va rivojlantirish turlari, tuzilma va o’zgaruvchanlik sohalari tendensiyalari, nazariy va metodologik uslub samaradorligi, huquqiy-siyosiy, madaniy va ilmiy xulosalarini olish kabi maslahatli jarayonlarini o’z ichiga qamrab oladi va bu esa muammoning umumiy tadqiqot maqsadi hisoblanadi. Iqtisodchi olim N.S.Aliqoriyev tadqiqot maqsadini “obyektiv rivojlanishining turlari, tuzilmasi, o’zgaruvchanligi va tendensiyalari empirik tadqiqotning umumiy maqsadi hisoblanadi”6- deb ta’rif beradi.
Empirik tadqiqot maqsadi asoslangan holda aniq bo’lgandan so’ng bu maqsadni amalga oshirish uchun vazifa belgilanib, tadqiqotlar qanday o’tkaziladi, maqsadga qanday erishiladi, empirik yoki ilmiy tadqiqotni nimadan belgilash kerak, nazariy-ilmiy, metodologik va metodik xarakterga ega bo’lgan masalalar7 qanday hal qilinadi kabi savollarga javob berilib, so’ng maqsadga muvofiq vazifa aniq belgilanadi. Albatta maqsadga muvofiq vazifa aniq bo’lganda tadqiqotchi asosiy va asosiy bo’lmagan masalalardan kelib chiqadigan vazifalarga ham jiddiy e’tibor berish talab etiladi.
Bu holat aniq bo’lgandan keyin empirik tadqiqotning navbatdagi yo’nalishi, ya’ni obyekti va predmeti aniq bo’lib uni atroflicha o’rganilib, uning ijtimoiyligi xarakteriga to’g’ri tanlashiga sabab bo’ladi. Tadqiqotchi empirik tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashda muammoga muvofiq, uning ijtimoiy xarakterga ega ekanligiga asosiy e’tiborini qaratmoq kerak. Tadqiqotchi muammoning predmeti, uning obyektidan kelib chiqishini obyekt predmetdan kengroq bo’lishini va u muammoga bog’liqligini unutmaslik kerak.
Shu bilan bir qatorda empirik tadqiqotga asos bo’ladigan muammoda nazariy bilimlar ham talab qilinishini hisobga olganda obyektiv va predmet to’g’ri kelib, bu predmetlar bevosita nazariy bilimlar bilan to’ldiriladi. Ammo predmet muammo va obyektning tadqiq qilinadigan, empirik tadqiqotga asos bo’ladigan sohasidir.
Predmetni empirik tadqiqot qilishda nazariy bilim muhim ahamiyatga ega bo’lib, nazariy tahlil nafaqat predmet, balki muammo haqidagi barcha bilimlar mujassamlashadi, muammoning har tomonlama o’rganilgan va o’rganilmagan sohalari aniq bo’ladi, izlanayotgan jarayon mohiyati haqida aniq konsepsiya yaratiladi va asosiy tushunchalar tanlanadi va aniqlanadi8. Tushunchalar asosida muammoga taaluqli bo’lgan, uni hal qilishga aloqador hamma empirik tadqiqotlarning tafakkuriy maxsuli yotadi. Uning ma’lum bir qismi (ko’proq jamiyatga nisbatan tabiatga bog’liq tomonlari) gipotezali holatda namoyon bo’lishi mumkin. “Gipoteza – bu tadqiqotchini qiziqtirayotgan hodisalar o’rtasida qanday aloqa mavjudligi borasidagi taxminlardir”9 – deydi ingliz olimi Entoni Giddens. Davom etib, “tadqiqot samarali bo’lishi uchun, gipoteza shunday tuzilishi kerakki, olingan faktik material uni tekshirish imkonini bersin”10 – deb ta’kidlaydi olim. Ammo sosial tadqiqotda gipoteza real sosial hayotga yaqin va asosli bo’lishi ham kerak. O’shandagina empirik tadqiqot hayotiy, to’g’ri natija beradi, predmetni ilmiy tahlil etishda qo’l keladi. O’rganilayotgan muammo bo’yicha ilmiy faraz – gepotiza ushbu muammoning nazariy jihatdan tayyor bo’lishining yakunlovchi qismi hisoblanadi. Umuman olganda gipoteza – faraz muammoning ijtimoiyligi, hodisa tarkibi yoki uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik sohalarini ilmiy asoslashga harakat qilish hisoblanib, tadqiq etilayotgan obyektni ilmiy asoslashga yordam berib, aniq ma’lumotlar to’plashga yordam beradi, empirik tadqiqot uchun zaruriy ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish uchun mantiqiy, tafakkurona asos bo’lib keraksiz ma’lumotlar to’plashdan saqlovchi vositadir.
Taniqli iqtisodchi olim N.S. Aliqoriyev “Gipoteza – bu obyektni o’rganilayotgan xususiyatlari haqidagi ilmiy tahlil gipoteza tushuntiruvchi, ta’riflovchi va oldindan aytib beruvchi, ya’ni gipoteza prognozlarga bo’linadi. Ta’riflovchi gipotezalar bu obyektni tuzilmasi va elementlari haqidagi taxlilni komponentlarni miqdoriy bog’liqligi elementlararo aloqalar turi va xarakteri haqida ma’lumot beradi”11- deb ta’rif beradi.
Demak tadqiqotchi ilmiy farazga muvofiq ilmiy izlanishlar olib borsa mavjud faraz-gipotezaning to’g’ri yoki noto’g’riligini isbotlashi, muammoni hal qilishga xizmat qilishi mumkin. Shu sababli gipoteza ajoyib va muhim ilmiy imkoniyat bo’lib ilmiy jihatdan ham yakuniy isbot qilinmagan imkoniyatdir.
Albatta predmetning ilmiy jihatdan to’g’ri tanlab olishda abstraktlashtirish usulining rolini ham e’tiborga olish talab etiladi. Bu esa tadqiqotchining bevosita qobiliyatiga bog’liqdir.
Abstraktlashtirish – bu predmetning (o’rganilayotgan muammoning) u yoki bu xususiyatlaridan muhim emasligidan iborat bo’lgan eng zaruriy qismini ikkinchi darajasidan ajratib olishga aytiladi. Abstraktlashtirishning yana bir xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan muammo predmetning umumiy xususiyatlarini, jumladan ijtimoiy xolatdagi ma’naviy o’tmish qadriyatlar, urf-odatlar, manfaatlarning abstrakt nazariy tushunchalarini ifodalash imkoniyatini vujudga keltiradi. Jumladan, jamiyatda turli xil ijtimoiy hodisa va voqyealar uzluksiz yuz berib turadi. Ulardan insonlarga bog’liq bo’lgan sohalardan biri aholi migrasion jarayonini tadbiq etiladigan bo’lsa, bu holat umumiy muammo bo’lib, obyekt esa muayyan xududdagi aholining butun qatlama (milliy tarkibidan qat’iy nazar) ning kuchish jarayoni hisoblansa, predmeti esa aholining migrasion jarayonlarda ishtirok etishining ijtimoiy-ruhiy, iqtisodiy, ma’naviy va tabiiy omillari hisoblanib, ana shu aholining ma’naviy-ruhiy holatlariga bog’liq qadriyatlari, urf-odatlarining o’tmish bilan bog’liqligi, tub aholining unga sadoqatligi, ularning ko’chish migrasion jarayonga bog’liq munosabatlari (ko’plab tub aholi hamma millatlarda ham uchraydi) o’troq bo’lib, unga moslashib ko’chirish siyosatiga norozilik kayfiyatiga sabab bo’lgan omillar, qanchalik bo’lmasin abstraktlashishga asos bo’ladi. Maqsad va vazifa aniq bo’lib ana shu migrasion jarayonlarni yaxshilash, milliy va mahalliy ixtiloflarni, tub aholining qolganligi kayfiyatlarining oldini olib nizolar chiqishiga yo’l qo’ymaslik asosida migrasion jarayonini muvaffaqiyatli o’tkazishdan iboratdir.
Empirik tadqiqot dasturini tuzishda bir qator sosiolog olimlar fikricha obyektning sistemali tahlil qilinishi alohida ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Aslida esa bu holat yuqorida tahlil etilgan yo’nalishlar bilan bog’liq bo’lib, birgalikda tahlil etilsa ham bo’laveradi. Chunki bu yo’nalish bevosita yuqoridagi yo’nalishlarda tahlil etilganidek obyektning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalari hisoblanib, hammasini birgalikda bir-biriga bog’liq yaxlit holda o’rganish hisoblanadi. Bu metod Sotsiologiyada T. Parsons, R.Merton tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, professor N.S.Aliqoriyev ko’rsatishicha T. Parsons – shaxs-guruh madaniyat, jamiyat va funksiyalar, adaptasiya, sosiologizasiya, maqsadga erishish, patentlik kabi podsistemalar (bu ko’pincha sosietal sistema deb ataladi) sifatida ajratilib ko’rsatiladi, deb tahlil qiladi12. Albatta bu sxema har bir muammoni o’rganib tahlil qilishda, empirik tadqiqot predmetiga umumiy tushuncha beradi va bir qator faraz qilishga asos bo’lishi ham mumkin. Bu haqda yuqorida tahlil qilindi.
Yuqorida ta’kidlaganidek, o’rganilayotgan muammoning obyekti va predmeti haqidagi bilimlar ilmiy tadqiqotning turli yo’llari va rejalarini yuzaga keltirishi mumkin. Ulardan namunalisi u ham bo’lsa izlanish asosida, bayon etish yo’lida va eksperimental tadqiqot usulida yuzaga keladigan rejalar hisoblanadi. Izlanish asosidagi rejalar ko’pincha o’rganilayotgan muammo haqidagi tasavvur va aniq tushunchalar konkretlashmagan hollarda qo’llaniladi va ilmiy muammoni aniq nomlash va asosiy o’rganilish chegaralarini belgilab olish uchun qo’llaniladigan rejadir.
Izlanishga qaratilgan tadqiqot asosan uch bosqichda amalga oshirish asosida bajariladi.
Birinchi bosqichda ilmiy muammoga taaluqli barcha ilmiy, publisistik, arxiv va shunga o’xshagan barcha xujjatlar tahlil qilinib, o’rganilib chiqilish mo’ljallangan bo’lsa, iqqinchi bosqichida ushbu muammo va soha bo’yicha mutaxassislar, olimlar, tajribali kishilar va ushbu muammo atrofida faoliyat ko’rsatgan yoki ko’rsatayotgan kishilar bilan suhbatlashish va ma’lum ekspert guruhlari fikrlarini o’rganishdan iborat bo’ladi. So’nggi uchunchi bosqichida esa tadqiqotchi tadqiqot qilinadigan muammo haqida ma’lum va muayyan ilmlar va bilimga ega bo’lgan holda obyekt va predmet haqida aniq kuzatish ishlarini olib borishni ko’zda tutadi.
Bayon etish rejasiga taaluqli sohalar bo’yicha esa tadqiqotchi empirik Sotsiologik tadqiqot rejalarini amalda qo’llash, mavjud va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali qabul qilingan gipotezani – farazning to’g’ri va hayotiy yoki noto’g’riligi – hayotiy emasligini tekshirib ko’rish, o’rganilayotgan muammo obyekti va predmeti borasida aniq tushunchaga – miqdoriy va sifat ko’rsatgich bilim darajasiga ega bo’lishi e’tiborga olinadi. Bunday tadqiqotlar bevosita muammo obyektiga bog’liq bo’lgan barcha empirik ma’lumotlar rejalardagi sohalar bo’yicha klassifikasiya qilinib bo’linadi.
Sosial tadqiqotlarning eksperimental rejasi muammo obyekti haqidagi mavjud to’plangan ma’lumotlar asosida, tadqiqotchi gipoteza-farazdagi fikrni yoki g’oyani ilgari surish uni yanada haqiqatga aylanishiga ishonchni mustahkamlashga yana bir imkon berishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda muammo obyekti zamirida yuz beradigan ijtimomiy sabab va oqibat aloqalarini aniqlash, obyektning ayni holati rivojlantirish mumkinligiga bog’liq shart-sharoitlarning obyektiv haqiqatligini bilib olishga imkoniyat yaratadi.
Umuman olganda empirik Sotsiologik tadqiqot o’tkazishning yuqorida tilga olingan uchchala rejasi ham bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda mutanosib sistemali ketma-ketlik asosida qo’llaniladi va u muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda Sotsiologik tadqiqotlar tushunchasi uni tashkil etish va o’tkazish dasturining mohiyati, xarakterli tomonlari shulardan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |