Katta sondagi shaxslar orasida samarali ma`lumotlar to`plash mumkin
So`rovnoma qat`iy standartlashtirilgan bo`lsa, respondent qarashlaridagi farqlar sun`iy tarzda yo`q qilinishi mumkin
Respondentlar javoblarini aniq taqqoslashga imkon beradi
Javoblar respondentning haqiqiy fikri bo`lmay qoladi
So`rov metodidan foydalanish va uni tashkil etish kurs ishining ikkinchi bobida batafsil berilganligi sababli bu bobda so`rov metodining xususiyati hamda ahamiyati atroflicha ko`rib chiqilmoqda.
Biz endi so`rovning asosiy elementi ya`ni unsurlari, foizlari haqida so`z yuritamiz va ochib berishga harakat qilamiz.
So`rovning asosiy elementlari: - sotsiolog, instrumentariyni tuzuvchi
- anketa yoki interv’yur
- anketa yoki interv’yu rejasi
- so`rov jarayoni
- respondent
- ijtimoiy voqe`lik
So`rovning asosiy vazifalari: Moslashuv: muomila, murojaat va so`rovni boshlash;
Asosiy ma`lumotlarni yig’ish;
So`rovni yakunlash.
Umuman olganda, sotsiologik tadqiqotlar ichida slo`rov metodi muhim va asosiy rol’ o`ynaydi. Talabalar guruhida va metoddan foydalanish va tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Sotsiologik tadqiqotlarda so`rov o`tkazish uchun so`rov metodining turli ko`rinishlari va usullaridan foydalanish mumkin. Biz talabalar guruhida o`tkaziladigan so`rov tadqiqotlari haqida fikr yuritar ekanmiz, bu jarayonda eng samarali natijalarni taqdim etuvchi hamda bir qator qulayliklar tug’diruvchi usullarini ko`rib chiqamiz. Bu mavzuda asosan talabalar guruhida so`rov o`tkazishda muhim o`rin tutuvchi test usuli, sotsiometrik so`rov usuli, interv’yu usuli haqidagi qisqacha va eng asosiy ma`lumotlar tahlil qilinadi. Bu bobning ikkinchi qismi esa anketa usulining kelib chiqishi, tuzilishi, tashkil etilishi, ahamiyati, roliga bag’ishlanadi. Uchinchi qismida esa anketerning vazifalari bilan batafsil tanishamiz.
Test so`rov usullari ichida o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Test orqali o`tkaziladigan so`rov maxsus sxema, rasmlar, takliflar, savollar yordamida respondentlarning shaxsiy sifati, bilimi, tajribasi, qobiliyatining qay darajada ekanligini aniqlaydi.
Testlarni vazifasi hamda maqsadiga qarab uch turga ajratishimiz mumkin.
Tematik birikmalarni aniqlaydigan;
Intellektual qobiliyatni aniqlaydigan;
Takliflarni yakunlaydigan.
Test - bu kishi bilimini, dunyoqarashini, intellektual salohiyatini aniqlab beruvchi vositadir. Talabalr guruhida test so`rovidan foydalanish juda muhim, chunki test talabani yaxshiroq o`qishga undaydi, xarakatchanligini oshiradi.
Test tuzish ma`lum bir qoidalarni talab qiladi. Test savollari to`g’ri, aniq va bir xil javob talab etiladigan bo`lishi lozim. Taxminiy topish extimolini kamaytirish uchun javob variantlarini to`rt-beshta qilish kerak. Bundan tashqari te testlar yaroqli, ishonchli, asoslangan, qulay tejamli bo`lishi kerak.
YAna bir muhim jihatini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu testlarni osonlik bilan komp’terga kiritiladigan va komp’yuter yordamida o`quvchi bilimini aniqlashga mo`ljallangan qilib tuzish hisoblanadi.
Test o`tkazishdan oldin testni tajribada sinab ko`rish lozim. Test o`tkazish jarayonida esa talabalarga yoki respondentlarga halaqit bermaslik, balki shart-sharoit yaratib berish kerak. Test usuli hozirgi kunda ko`proq ta`lim tizimida o`tkazilib, takomillashib, rivojlanib bormoqda.
Sotiometrik so`rov – jamoa a`zolari o`rtasidagi munosabatlarni, jamoat ichidagi va jamoalar o`rtasidagi aloqalarning namoyon bo`lishini o`rganish maqsadida o`tkaziladi. Bu usul AQSHlik sotsiolog J.YA.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, asosan kichik guruhlarda jumladan, talabalar guruhida, ishchilar guruhida keng qo`llaniladi.
Sotsiometrik usul bugungi kunda kichik guruhlarning ijtimoiy – psixologik xususiyatlarini o`rganishda va shaxs xususiyati, mavqeini bilib olishda eng samarali usul hisoblanadi.
J.YA.Morenoning sotsiometrik uslubi testga asoslangan, chunki test individlarning munosabatlarini baholashga imkon beradi.
Sotsiometrik uslub so`rov o`tkazishni tashkil etish bir qancha bosqichlarni o`z ichiga qamrab oladi. Birinchi bosqich, guruhda test o`tkaziladyotgan kriteriya ya`ni chegara aniq bo`lsin;
Ikkinchi bosqich, har bir respondent chegaralanmagan miqdorda tanlash imkoniyati ega bo`lsin;
Uchinchi bosqich, individ aniq chegaralar bo`yicha tanlanishi uchun so`ralishi kerak;
To`rtinchi bosqich, test natijalaridan aniq foydalanish kerak;
Beshinchi bosqich, barcha tanlash ishlari guruh a`zolari ichida mustaqil ravishda bajarilishi lozim.
Oltinchi bosqich, test savollari shunda y ustunlik bilan tuzilishi kerakki, barchaga tushunarli bo`lsin.
Sotsiometrik so`rov umuman olganda, guruh a`zolarining do`stlik, yaxshi ko`rish, yoqtirmaslik kabi jihatlarini aniqlash va albatta muammoni bartaraf etish maqsadida tashkil etiladi. Sotsiometrik so`rov maxsus varaqalarni a`zolariga tarqatish va ma`lumotlar to`plangandan so`ng yig’ib olish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Olingan natijalar tahlil qilinib, muammoni hal qilish asosiy vazifa qilib qo`yiladi.