O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə90/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118
INTERVYU OLISH
Intervyu olish – anketa savollari o’tkazilish usulidan keyin intervyu olish usuli ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, hozirgi davrda eng ko’p tarqalgan so’rov usuldir. Bu usul anketa o’tkazish bilan ko’p jihatdan umumiylikka ega bo’lib, bu usul barcha mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda ham keng tarqalgan. Bu usuldan foydalanish jarayonida radio, televideniye, kundalik matbuot roli katta bo’lmoqda. Shuning uchun intervyudan foydalanish usuli Sotsiologiya, psixologiya, statistika, etnografiya, pedagogika, jurnalistika va boshqaruv (qisman siyosatshunoslikka doir) fanlarda yaxshi samara bermoqda va keng qo’llanilmoqda. Hozirgi mamlakatimiz asta-sekin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish jarayonida aholining ijtimoiy holatini bilish, jiddiy o’zgarishlarga ommaning ijtimoiy munosabatini aniqlashda, yoshlar tarbiyasini yaxshilashda samarali natijalar bermoqda.
So’rov usulining bu turdan foydalanishda intervyu ikki muhit funksiyasini bajaradi:
1) Muayyan voqyea – hodisa, jarayon to’g’risida ma’lumot yig’adi.
2) Shu bilan birga obyektga – respodentga intervyu orqali ta’sir ko’rsatilib ijtimoiy munosabat aniqlanadi.
Bu usuldan foydalanishda tadqiqotchi respodent bilan o’zaro hurmat, samimiy, yuksak ma’naviy axloqiy e’tiqodda xushmuomala-munosabatlarda bo’lib, oldindan puxta, aniq mohiyati jihatdan keng qamrovli savollar bilan empirik Sotsiologik tadqiqot o’tkazilib, qimmatli amaliy natijaga ega bo’lgan ma’lumotlar olinib, taxlil qilinib, xulosalar chiqariladi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, intervyu - so’rov usuli anketa usulidan respodentlar javobini to’liq emas, balki kamdan-kam javob olish nimkoniyatiga (asosan matbuot orqali) ega bo’linadi.
MAVZU: SOTSIOLOGIK TADQIQOTLAR SO`ROV USULI.


Reja:



  1. So`rov usulining mohiyati

2. Respondentlarning so`rov usullari.

  1. So`rov usulining muammolari.

Mustaqil davlatimizning bebaho intellektual salohiyatini yaratuvchi oliy o`quv yurtlaridagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ruhiy, g’oyaviy muammolarni o`rganish, talabalar guruhida so`rov o`tkazish orqali ularning dunyoqarashini aniqlash va xohish istaklarini amalga oshirish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish yurt kelajagi, farovonligini ta`minlashda muhim ahamiyati kasb etadi. Jamiyat hayotida eng faol hisoblangan talabalar guruhida so`rov o`tkazish, ularning fikr-mulohazalarini o`rganish, muammolarini hal etish har bir davlatning asosiy vazifasi bo`lishi lozim23.


Talabalar guruhida so`rov o`tkazishni tashkil etish uchun so`rov metodlaridan foydalanish, ularni qo`llay bilish, qaychi usul eng samarali natijalar berishi mumkinligini oldindan ko`ra bilish kerak.
Sotsiologik tadqiqotlar ichida talabalar guruhida so`rov o`tkazishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
CHunki so`rovlarni o`tkazish natijasida talabaning bilimi har tomonlama chuqur tekshiriladi, talabalarda o`qishga bo`lgan qiziqishni oshiradi, talabalar bilan yaqindan turib ishlash sharoitini yaratish bilan birga javobgarlikni oshiradi. Talabalar guruhida so`rov o`tkazishni tashkil etishning yana bir muhim xususiyati shundaki, bunda tadqiqotchidan yuksak maxoratni, so`rov o`tkazishni tashkil etishda juda ehtiyotkorlik bilan elementar narsalarga ham e`tibor bergan holda tadqiqotga kirishishni talab etadi.
So`rov o`tkazish bir nechta turlarga bo`linadi:


  1. Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin