O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


K U Z A T I S H U S U L I



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə86/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118
K U Z A T I S H U S U L I

Kuzatish usuli bu usul Sotsiologik tadqiqotlarda dastlabki empirik ma’lumotlarni yig’ish usuli bo’lib, muayyan aniq maqsadga qaratilgan oldindan puxta o’ylab muntazam ravishda olib borilgan tafakkuriy ongga, ruhiy-hissiy bilimga asoslangan, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan, turli maqsadlarga, turli shakl-formada, turli hajm-qamrovda, turli vositalar yordamida olib beriladigan usuldir. Jamiyatda, hamma va barcha odamlar o’z turmush, hayotlarida u yoki bu darajada kuzatish usulidan ilmiy yoki amaliy, noan’anaviy yo’nalishda foydalanadilar. Noan’anaviy ilmiy bo’lmagan kuzatishlar ijtimoiy hayotning hamma jabhalarida, umumiy yo’nalishlarda, umumiy hayotiy turmush tajribalari asosida fanga bog’liq bo’lmagan holda kuzatish olib boradilar. Masalan, dehqon va chorvadorlar o’z sohalari bo’yicha faoliyat ko’rsatayotganda ob-havo, iqlim, fasl va yilning kelishiga qarab hayotiy tajribalarini, kuzatish natijalariga asoslanib xulosa qiladilar.


Ilmiy kuzatishlar esa muayyan nazariya yoki yuqorida aytib o’tilgan gipoteza-farazlarni, ilmu-fanga muvofiq tasdiqlashi, to’ldirishi, yaxlit xulosaga kelishi yoki rad etishini maqsad qilgan holda olib boriladi. Ya’ni tadqiqotchining ijtimoiy borliq, voqyelikka, har bir ijtimoiy jarayonga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va qay yo’sinda tasvirlashi asosida olib boriladi. Shuning uchun ham kuzatish usulidan olinadigan ilmiy kuzatish ma’lumotlari obyektiv xolis va hayotiy bo’lishligi bilan ilmiy qimmatga egadir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, vaqtin-vaqtin subyektiv xarakterga ham ega bo’lib, bu holat ko’proq ijtimoiy nazoratni taqqoza etadi.
Ilmiy kuzatishlar ko’proq nazariy va ilmiy asoslarga ega bo’lib sosial tadqiqotchi o’z tadqiqoti jarayonida albatta ham hayotiy tajribaga, ham ilmiy nazariyalarga tayanib kuzatishni olib boradilar.
Ilmiy kuzatish hayotiy kuzatish tajribasiga nisbatan afzalligi shundaki, u oldin muntazam yaxlitlikka ega bo’lib rejalashtirilishidan iboratdir. Shu maqsadda tadqiqotchi oldindan qay maqsadda, qanday gipoteza-faraz va nazariyalarga asosan qaysi vositalardan foydalanish zarurligini aniqlab olib, ilmiy kuzatish olib boradi.
Sotsiologik kuzatish hayotiy tajriba va ilmiy kuzatishlar asosida o’tkaziladigan tadqiqoti shartli ravishda ikki turga: chetdan kuzatish va ichkaridan kuzatish bo’linadi.
Chetdan kuzatish amalga oshirilayotganda obyekt jarayonida yuz berayotgan hodisa va voqyealar ishtirokchilari bevosita kuzatish obyekti ekanliklari bo’lib qolganligidan bexabar holda bo’lib, chetdan turib kuzatayotgan tadqiqotchi o’rganilayotgan obyektga hyech qanday ta’sir ko’rsatmasdan undan tashqaridan bo’ladi – uni tabiiy holda o’rganadi. Ichkaridan kuzatilganda obyektda yuz berayotgan hamma ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va obyektga bo’ysunib, tadqiqotchi-o’rganuvchi sifatida ikki xil usul-metoddan foydalanishi mumkin bo’ladi: 1 ochiq kuzatish; 2 yashirin yoki yopiq-xufya kuzatishdan foydalanishi mumkin13. Ochiq kuzatilish usulidan foydalanayotganda tadqiqotchi o’zi o’rganayotgan guruh yoki jamoa a’zolariga kuzatish maqsadini ochiq aytadi va tadqiqotlarini davom ettiradi. Albatta bu kuzatishlar imkoniyati cheklangan bo’lib subyektiv salbiy ta’sir imkoniyatlari mavjuddir. Unda tadqiqotchi xoxlagancha kuzatuv ishlarini amalga oshirilaolmaydi. Yashirin yoki yopiq-xufya holatidagi kuzatishda tadqiqotchi jamoa a’zosi sifatida yoki shogird yoki praktiKont, vaxtincha ishlovchi sifatida kuzatish ishlarini keng ko’lamda xufya holatda ijtimoiy jarayondagi hamma aloqa va munosabatlarni tabiiy holda kuzatish imkoniyatlariga ega bo’ladi.Bu usul Sotsiologiyada xufya kuzatish usuli deb ataladi va ba’zan jamoadan sir tutiladigan ammo ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan hodisalarni kuzatib qimmatli ma’lumotlar olinib o’rganilishi mumkin.
Bu Sotsiologik kuzatish ilmiy empirik bilish usuli sifatida murakkab jarayon bo’lganligi va mohiyati jihatidan zaruriy ahamiyatga ega bo’lganligi sababli rejalashtirilgan asosda olinib boriladi.
Bu usulga muvofiq reja tuzilganda, albatta quyidagi bir qator xususiyatlarni e’tiborga olish talab etiladi. Jumladan, 1) kuzatish obyekti aniq bo’lgandan keyin uni hal etishning yaqin va oson yo’lini topish dastlabki vazifa ekanligini e’tiborga olish; 2) kuzatish turining qay biridan foydalanishni obyekt xususiyatlari, tadqiqot maqsadlari, ko’lami, ajratiladigan vaqt va boshqa zaruriy tomonlar hisobga olinishi; 3) kuzatish turi aniq bo’lgandan keyin navbatdagi vazifani, ya’ni kuzatish vositalari, anjom, qurollari, jihozlar va boshqa kerakli narsalarni tayyorlash; 4) kerakli narsalar tayyorlagandan keyin kerakli ma’lumotlar to’plash uchun kuzatish ishi amalga oshiriladi; 5) kuzatish natijalarini nazoratdan o’tkazish uchun obyekt jarayonida shu soha qatnashchilari bilan suhbat o’tkazish boshqa sosiologlarning tajribasidan mavjud ilmiy-amaliy ma’lumotlardan foydalanish; 6) kuzatishning yakunida hamma natijalar bo’yicha hisobot tayyorlashdan iboratdir. Hisobot hamma talablarga to’la javob beradigan holatda sifatli tuzilishi kerak. Hisobotda obyekt, kuzatilgan shaxs yoki hamma jamoa a’zolari, kuzatish vaqt, joy, kuzatishning ochiq yoki xufyaligi haqida kuzatishning borishi, atrof-muhitga kuzatuvchi ta’siri, tadqiqotchining fikr-mulohazalari taklif, munosabatlari to’la hisobotda o’z aksini topishi zarur.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin