O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə88/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118
MATEMATIK USUL

Sotsiologiya fanida tadqiqot usullaridan biri va zaruriysi hisoblanib, yangitdan Sotsiologiyada kirib kelayotgan metodlaridan biri matematik usul hisoblanadi. Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyoti keng ko’lamda rivojlanib xalqaro internet tarmoqlari jahonni o’zaro uzviy bog’lab turgan davrda matematik usullar nafaqat Sotsiologiyada, balki boshqa tarmoq yo’nalishi fanlarda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Chunki Sotsiologiya fanidan ham bir qator ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo’lgan murakkab jarayonlar o’rganilar ekan matematik hisob-kitoblarsiz, EHM va kompterlarsiz hal qilib bo’lmaydi. Empirik Sotsiologik tadqiqotlarda matematik metotdan o’rinli foydalanilmoqda. Bu haqda taniqli iqtisodchi olim N.S. Aliqoriyev “Umumiy Sotsiologiya” darsligida alohida to’xtalib o’tgan16. Ushbu darslikda Sotsiologik matematik vositalarning quyidagi turlariga, ya’ni o’yinlar nazariyasi, informasiya nazariyasi, turg’unlik nazariyasi apparati, chiziqli programmalashtirish, modellashtirish, omilli tahlil, grafalar, materik algebra kabi turlarini ko’rsatish bilan Sotsiologiyada matematik metodlar yechadigan tanlash (viborka), tahlil, modellashtirish va o’lchash kabi vazifalarni ham ko’rsatib ta’kidlab o’tgan17.
Albatta, shuni ta’kidlash lozimki, matematik usuli qo’llanilganda obyektni o’rganishning shunday qismi tanlanishi kerakki, tadqiqot jarayoni yengil-oson, qulay va natijali va obyektning hamma tomoni qamrab olingan bo’lishi kerak. Shu sababli matematik metodning tanlash vazifasi ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, alohida ahamiyat kasb etadi. Matematik metodi obyektni o’rganishda qo’llanilganda mazmun mohiyatli vazifalarni yechish instrumenti sifatida tipologik analiz va empirik indikatorlar aloqasini bog’lash analizi tipini aniqlash doirasidagi vazifalarni bajarish bilan xarakterlanadi va obyekt tipologiyasini, uning asosi va muayyan tadqiqotdan to’planadigan statistik o’rtacha ma’lumotlarni, informasion taxlilni va uning tarqalishi darajasi haqidagi bilimlarni beradi.
Ikkinchi vazifa turi hisoblangan o’zaro aloqa taxlili bo’lib, o’zaro bog’liq shartli hodisalardan iborat ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan obyektni o’rganish asosida matematik usul bilan hodisalar sababli, asosiy va bevosita aloqalarni, atrof-muxit jarayonlarga ta’sir etish omillarini aniqlaydi. Sotsiologik tadqiqot usullaridan kutiladigan maqsadlaridan biri – bashorat (prognoz) qilishga asos xizmat qiladi.
Hozirgi davrda Sotsiologik tadqiqotlarning matematik usulida ijtimoiy hodisalarni o’rganib tadqiq qilishni modellashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Professor N.S.Aliqoriyev o’z kitobida modellashtirishning quyidagi klassifikasiyasini ta’riflab beradi.
a) alohida belgilarni differensiyasi haqidagi umumlashgan xarakteristikasi uchun taqsimlash modelini;
b) ijtimoiy jarayonlarni xarakterlaydigan ko’rsatkichlarning o’zaro aloqasini aniqlashda yordam beruvchi korrelyasion, dispersion, omillik (faktorlik) modellarini;
v) muayyan ijtimoiy hodisalarni shakllantiruvchi statistik modellarni (masalan, ishchi va xizmatchilar oilalarining daromadlarini shakllantiruchi model);
g) Sotsiologik tadqiqotlarda keng tarqalayotgan obrazlarni bilish statistik modelini;
d) ijtimoiy jarayonlar shakllanishining statistik modelida alohida statistik modellaridan iborat18-dir.
Bu Sotsiologik tadqiqot usullari qimmatli va zaruriy ma’lumotlarni to’plash, tanlash va taxlil qilishda muhim axamiyatga ega bo’lib, bu bilan tadqiqot dasturi tuzishni yakuniga xizmat qiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin