O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə102/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli.
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi- sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi- sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa.
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar tuziladi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovarning egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) – bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.
Auksion – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin