O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə101/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

Bozorning samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin:

  1. tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.);

  2. moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);

  3. ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);

  4. axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar).

Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo- sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Birja namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta birjasi, mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin