Naflilikfunksiyasima’lummiqdordagitovarlargaboshqabirmiqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutlaq ko‘rsatkichlarda o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma- ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas.
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
U( X,Y) XY.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birliginiiste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir. So‘nggi qo‘shilgan naflilik umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud bo‘ladi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko‘p yalpi naflilikka ega bo‘ladi. Yalpi (umumiy) naflilik so‘nggi qo‘shilgan naflilikko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste’molchi manfiy so‘nggi qo‘shilgan naflilikka ega bo‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi. So‘nggi qo‘shilgan naflilikning pasayib borish qonunini iste’mol qilingan muzqaymoq misolida 7.3-jadval orqali ifodalash mumkin.
Jadvaldan ko‘rinadiki, musbat ishorali so‘nggi qo‘shilgan naflilikning oshib borishi bilan, yalpi naflilik miqdori o‘sib bormoqda. Biroq, bu o‘sish sur’ati
muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo‘shilishi bilan pasayib bormoqda. Manfiy ishorali so‘nggi qo‘shilgan naflilik yalpi naflilikning qisqarishiga olib kelmoqda.