7.3-jadval Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan va yalpi
naflilik
Iste’mol qilingan
muzqaymoqlar soni
|
So‘nggi qo‘shilgan naflilik
(MU)
|
Yalpi naflilik (U)
|
0
1
2
3
4
5
6
|
- 4
3
2
1
0
-3
|
0
4
7
9
10
10
7
|
Iste’molchi tovarlarning turli to‘plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o‘zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni:
MU x
Px
MU y
Py ,
bu yerda: MU – X va Y tovarlarning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi; P – ularning narxi. Bu qoida iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi. Iste’molchi o‘zining didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi.
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi. Ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi. Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo‘ladi. Har bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini ifodalaydi. 7.5-rasmda befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
V
S
V
I1
0 A
7.5-rasm. Befarqlik kartasi
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu
uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi budjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi budjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi budjet chizig‘i shaklida ham aks ettirish mumkin. Iste’molchi budjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G budjet chizig‘ida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning budjet chizig‘i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, budjet chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi (7.6-rasm).
A tovar
40
20
10
0 5 10 20 V tovar
Dostları ilə paylaş: |