Ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulotning ma’lumturiniyokiuningbir-birliginiishlabchiqarishuchunijtimoiyzaruriysarflarning umumiy (jonli mehnat, moddiy va pul) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy zaruriy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
Sv = c + v + m,
bu yerda: Sv – ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – zaruriy mahsulot qiymati yoki ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qo‘shimcha mahsulot qiymati.
Korxonaishlabchiqarishxarajatlaridegandatovarvaxizmatlarniishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga shu korxona tomonidanqilinadiganbarchasarflartushuniladi:
Pc = s + v.
Pc – ishlab chiqarish xarajatlari (tannarx).
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirib aytadigan bo‘lsak, uning tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari
va boshqa turli xil ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. Bu yerda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin hozirgi davrda ishlab chiqarish xarajatlari, binobarin tannarxga sun’iy ravishda kiritilgan soliq va foizlar ko‘zda tutilmaydi. Korxona tomonidan ishlabchiqarishgaqilinganbarchasarf-xarajatlarningpuldagi ifodasi mahsulottannarxini tashkil qiladi. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (11.1-rasm).