UMUMIY XARAJATLAR
|
|
|
|
|
|
|
Doimiy xarajatlar
|
|
O‘zgaruvchi xarajatlar
|
|
|
|
Korxona to‘lov majburiyatlari
|
|
Xomashyo
|
|
|
|
Soliqlar
|
|
Matеriallar
|
|
|
|
Amortizatsiya ajratmalari
|
|
Yonilg‘i
|
|
|
|
Ijara haqi
|
|
Transport xizmati
|
|
|
|
Qo‘riqlash xizmati xarajatlari
|
|
Ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun xarajatlar
|
|
|
Boshqaruv xodimlari maoshi va h.k.
|
|
|
11.3-rasm. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ko‘rsatadigan ta’siriga ko‘ra xarajatlarning turkumlanishi
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar (DX)
ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning
har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), soliqlarning ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
O‘zgaruvchi xarajatlar (O‘X) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilg‘i, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.
Doimiy (DX), o‘zgaruvchi (O‘X) va umumiy (UX) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 11.4-rasm orqali ko‘rishimiz mumkin.
S
X
0 Q
11.4-rasm. Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng:
;
O'UХ UХ
М
bu yerda: O‘UX – o‘rtacha umumiy xarajatlar;
UX – umumiy xarajatlar;
M – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
O‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
O'DХ
DXS М ;
bu yerda: O‘DX – o‘rtacha doimiy xarajatlar; DXS – doimiy xarajatlar summasi.
O‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
O'O' Х
O' ХS
;
М
bu yerda: O‘O‘X – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar; O‘XS – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi.
Shartli raqamlar yordamida korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari to‘g‘risidagi misolni ko‘rib chiqamiz (11.1-jadval).
11.1-jadval.
Korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona
|
Korxona xarajatlari, ming so‘m
|
O‘rtacha xarajatlar, so‘m
|
Doimiy
xarajatlar
|
O‘zgaruvchi
xarajatlar
|
Umumiy
xarajatlar
|
Doimiy
xarajatlar
|
O‘zgaruvchi
xarajatlar
|
Umumiy
xarajatlar
|
0
|
100
|
0
|
100
|
100000
|
0
|
100000
|
100
|
100
|
120
|
220
|
1000
|
1200
|
2200
|
200
|
100
|
240
|
340
|
500
|
1200
|
1700
|
300
|
100
|
360
|
460
|
333
|
1200
|
1533
|
400
|
100
|
490
|
590
|
250
|
1225
|
1475
|
500
|
100
|
640
|
740
|
200
|
1280
|
1480
|
600
|
100
|
810
|
910
|
167
|
1350
|
1517
|
Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha doimiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan kamayib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmining kengayishi bilan korxonaning doimiy xarajatlari mahsulotlarning tobora ko‘payib boruvchi miqdoriga taqsimlanib borishi natijasida ro‘y beradi. O‘rtacha o‘zgaruvchi va o‘rtacha umumiy xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan turlicha o‘zgaraishi mumkin. Bizning misolimizda o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar 100 dan 300 donagacha bir xilda bo‘lib, ishlab chiqarishning yanada kengayishi bilan ortib bormoqda.
O‘rtacha umumiy xarajatlar esa 400 donagacha miqdorda pasayib borib, undan yuqori miqdorlarda o‘smoqda. Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin:
O‘UX = O‘DX + O‘O‘X.
Bu o‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarning egri chiziqlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (11.5-rasm):
S
O‘UX
O‘UX
M
O‘DX
0 Q
11.5-rasm. O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash lozim. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib so‘nggi qo‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. So‘nggi qo‘shilgan xarajat deb mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarga aytiladi:
SQХ
UХ
М ;
bu yerda: SQX – so‘nggi qo‘shilgan xarajat;
∆UX – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi;
∆M – mahsulot miqdorining o‘zgarishi.
Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar deyiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari va omillari
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Misol uchun, korxona mahsulotiga talab keskin oshdi, deb faraz qilaylik. Taklifning muayyan hajmida talabning oshishi narxning ham ko‘tarilishiga va binobarin, korxona foydasining ko‘payishiga olib keladi. O‘z o‘rnida, ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali korxona foyda massasini yanada oshirish imkoniga ega. Buning uchun u eng avvalo qisqa muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi. Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash va ulardan foydalanish;
xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini ko‘paytirish;
nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo‘lgan
mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish va h.k.
Bundan ko‘rinadiki, korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lib, ular qisqa muddatli xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |