O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə221/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha maxsulot qiymatning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.
Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi va o‘rtacha unumdor yer uchastkalarida tashkil etish bilan cheklanish mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab ko‘p bo‘lganligi uchun yomon, kam unumli yerlarda ham ishlab chiqarishni tashkil etish zarurdir. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar ustama qo‘shimcha mahsulot va binobarin qo‘shimcha foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir.
Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi.
Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differensial renta I ning hosil bo‘lishini shartli misol yordamida ko‘rib chiqamiz (13.2-jadval).
Misolimizdagi uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya’ni 10000 so‘mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A uchastkasida
20 tonna, B va V uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo‘lib chiqadi. Ya’ni, A uchastkasida har bir
mahsulot birligining qiymati 500 so‘m bo‘lsa, B uchastkasida 400 so‘m, V uchastkasida esa 333 so‘mni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada etishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolimizda 500 so‘m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o‘zining yakka ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so‘m miqdorda qo‘shimcha daromad olinadi. Bu olingan qo‘shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan differensial renta I ni tashkil qiladi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin