O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə222/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

13.2-jadval
Differensial renta I ning hosil bo‘lishi



Yer uchast- kasi

Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajat-lari
(so‘m)

O‘rtacha foyda (so‘m)

Ijti-moiy qiymat (so‘m)

Yalpi mahsulot (tonna)

Mahsulot- ning indi- vidual qiymati
(so‘m)

Ijtimoiy qiymat – bozor narxi (so‘m)

Yalpi sotilgan mahsulot (so‘m)

Diffe- rensial renta I (so‘m)

A

8000

2000

10000

20

500

500

10000

-

B

8000

2000

10000

25

400

500

12500

2500

V

8000

2000

10000

30

333

500

15000

5000



Differensial renta II xo‘jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
13.3-jadval
Differensial renta II ning hosil bo‘lishi



Ishlab chiqarish davri

Ishlab chiqarish xarajatlari (so‘m)

Yalpi mahsulot (tonna)

1 tonna mahsulotning individual qiymati (so‘m)

1 tonna mahsulotning ijtimoiy qiymati (so‘m)

Sotilgan mahsulot summasi, so‘m

Qo‘shimcha mahsulot, ya’ni dif- ferensial renta II,
so‘m

Birinchi
yil

10000

20

500

500

10000

-

Ikkinchi
yil

15000

40

375

500

20000

10000

Bu holni biz 13.3-jadvalda shartli misol bilan ifoda etishimiz mumkin.
Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m xarajat qilish natijasida qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo‘shimcha olingan 10 ming so‘m daromad differensial renta II ni tashkil etadi. Bunday intensiv rivojlanish qishloq xo‘jaligida bosh yo‘l hisoblanadi. Chunki qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a’zolarining o‘sib borayotgan talabini qondirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi. Buning uchun qishloq xo‘jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo‘yish, intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash uzluksiz o‘smoqda. Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun ajratilgan kapital mablag‘lar ham ortmoqda.
Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda hech qanday differensial renta II bo‘lmas edi. Gap shundaki, yer birligiga sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xo‘jaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklarning ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya’ni, differensial rentaning har ikkala ko‘rinishini (renta I va II ni) o‘z ichiga oladi. Differensial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan hudud bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini oladi (chunki bizda yer davlat mulkidir).
Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat
fondida (budjetida) to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-ko‘pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘lar (differensial renta I) ni mamlakat oldida turgan vazifalarni bajarish, xususan yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer unumdorligini yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.
Differensial renta II erdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklarning o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentani hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin