Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uniquyidagichaifodalash mumkin:
qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo‘ladi;
qog‘oz pulning har bir birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun
zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.
Qog‘oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o‘tgan real iqtisodiy hayot shuni ko‘rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog‘oz pullarning oltin pul bilan aloqasini yo‘qotishga rasman urinilgan bo‘lsada, uning nominal qiymat belgisi sifatidagi harakatida oltin pul bilan bo‘lgan aloqasi hozirgacha obyektiv ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib, murakkablashib bormoqdaki, natijada uni mantiqiy mushohada qilish orqali tushunish ancha qiyinlashadi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va chet el valyutalari bilan rasmiy almashuv tartibi o‘rnatiladi. Ammo uning qiymat belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech qanday davlat qonuni bilan o‘rnatib bo‘lmaydi, u faqat obyektiv iqtisodiy qonun – pul muomalasi qonuni asosida o‘rnatiladi va amal qiladi1.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul miqdorinihisoblashuchunM1...Mnpulagregatlariyokitarkibiyqismitushunchasidan foydalaniladi. Barchapulagregatlariyig‘indisiyalpipulmassasiyokiyalpi pultaklifini tashkilqiladi. Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi (22.1-jadval):
M0–muomaladaginaqd (qog‘ozvametall)pullar. M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqlaridagi pul mablag‘lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo‘lgan pul omonatlari.
1 Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida milliy valyuta barqarorligini ta'minlashning nazariy asoslari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2001, 12-13-b.
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma hisob varaqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag‘larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg‘arish vositasi vazifasini bajaradilar.