M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
22.1-jadval.
Pul agregatlari dinamikasi (mlrd. so‘m)1
Sana
|
Keng ma’no- dagi pul massasi (M2)*
|
jumladan:
|
Milliy valyutadagi pul massasi
|
shundan:
|
Chet el valyuta- sidagi depozitlar milliy valyuta ekviva-
lentida
|
Pul massasi (M1)**
|
shundan:
|
Milliy valyutadagi boshqa depozitlar
|
Muomala- dagi
naqd pullar (M0)
|
Milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozitlar
|
1
|
2=3+8
|
3=4+7
|
4=5+6
|
5
|
6
|
7
|
8
|
01.02.2013
|
23 669
|
18 137
|
12 589
|
5 766
|
6 823
|
5 548
|
5 532
|
01.01.2014
|
28 376
|
22 594
|
15 870
|
7 424
|
8 447
|
6 723
|
5 782
|
01.01.2015
|
32 698
|
26 862
|
19 818
|
9 058
|
10 760
|
7 045
|
5 836
|
01.01.2016
|
40 642
|
34 576
|
23 644
|
10 655
|
12 989
|
10 932
|
6 067
|
01.01.2017
|
50 227
|
41 470
|
27 955
|
13 209
|
14 746
|
13 515
|
8 758
|
01.01.2018
|
70 816
|
45 117
|
33 142
|
19 449
|
13 694
|
11 974
|
25 699
|
01.01.2019
|
80 165
|
54 896
|
38 593
|
22 164
|
16 429
|
16 303
|
25 269
|
01.01.2020
|
91 266
|
62 786
|
42 670
|
24 246
|
18 424
|
20 116
|
28 480
|
Bundan ko‘rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o‘zining likvidligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Likvidlik – bu turli aktivlarning o‘z qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir. Metall (tanga) va qog‘oz pullar eng yuqori likvidlikka ega bo‘ladi. Mijoz o‘zi istagan vaqtida olishi mumkin bo‘lgan bank
1 http://cbu.uz/uzc/statistics/dks/2020/01/183259/ - O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki ma'lumotlari
hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga to‘lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo‘lgan aktivlar qo‘shilib borishi bilan, ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi. Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 35–40 foizni tashkil qiladi.
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”1 kuzda tutilgan.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy zaxira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini zaxira sifatida saqlashi lozim. Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni
Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o‘sishini ko‘rsatadi:
bu yerda:
m Ms
R
ёки
m 1
r ,
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
Ms – bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmi; R – majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmi;
r – majburiy zaxiraning foizdagi me’yori.
Masalan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira me’yori 20%ni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so‘m deb olsak, u holda pul taklifi multiplikatori 5 ga teng bo‘ladi (100 mln. so‘m/20 mln. so‘m). Bu esa tijorat banki 500 mln. so‘m hajmida (100 mln. so‘m x 5) yangi pullarni muomalaga chiqarish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo‘lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo‘lgan pulga talab.
Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i va shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo‘lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori biz yuqorida ko‘rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishlari mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga
talab ham mavjud bo‘ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va ayirboshlash uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |