22.1-rasm.Talabinflyatsiyasi Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi natijasida kelib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu holatni ham rasm orqali ko‘rib chiqamiz (22.2-rasm).
Narxlardarajasi P2
2 P1 0 Q2 Q1 RealYaMM
22.2-rasm.Taklifinflyatsiyasi Rasmdan ko‘rinadiki, xarajatlarning o‘sishi natijasida yalpi taklif egri chizig‘ining AS1 dan AS2 ga qisqarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajat miqdorini oshirib, narxlarning R1 dan R2 darajaga qadar ko‘tarilishiga, real ishlab chiqarish hajmining esa Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib keladi.
Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko‘rsatish mumkin:
monopolistik faoliyatlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi;
noto‘g‘ri soliq siyosati yuritish;
jahon bozorlaridagi narxlarning o‘sishi;
harbiy sohadagi xarajatlarning o‘sishi va hokazo.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ortib boradi.
Inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud. O‘rmalabboruvchiinflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, jadal inflyatsiyada 20 dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o‘sishi kuzatiladi.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiyava uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmaganinflyatsiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda
inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.