Xalqarokredit–ssudakapitaliningxalqaroiqtisodiymunosabatlarsohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Lizing–bukreditningpulsizshaklibo‘lib,odatdaishlabchiqarishvositalarivaboshqamoddiyboyliklarnikeyinchalikfoydalanuvchilartomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoqmuddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo‘yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
Faktoring–boshqaiqtisodiysubyektlarningqarzdorlikbo‘yichamajburiyatlarinisotibolishyokiqaytasotishmunosabatlari. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o‘zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli.Bunda qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalarmajmui. Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
ssudaning moddiy ta’minlanganligi va to‘lovliligi.
Qarzga berilgan ssudaning albatta qaytarilib berilishi, undan foydalanilganlik uchun olingan foydadan ssuda foizini to‘lash zarurati korxonalarni xo‘jalik yuritishning eng samarali usullarini izlab topishga undaydi.