O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə363/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ipoteka banklar – bu ko‘chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalari. Ipoteka bankining resurslari o‘zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
Mamlakatimiz bank tizimidagi islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish va ularning etarliligini ta’minlashdan iboratdir. Bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2344- sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 7 avgustdagi
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida»gi SQ-51-III-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bank tizimiga oid boshqa qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qaratiladi, jumladan:1

  • tijorat banklarining kapitallashuvi va depozit bazasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda tijorat banklarining rolini yanada kengaytirish

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish

  • investitsion iqlim va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash borasida bank tizimi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash





1 2015 yilda Pul-krеdit sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki xisoboti. http://www.cbu.uz/uzc/node/47130

  • ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish

  • bank nazoratini xalqaro andoza va me’yorlar asosida yanada takomillashtirish

  • respublika tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirib borish

  • mikromoliyalash tizimi va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish

Banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmining o‘sishi respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirish, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda banklar ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan uzoq muddatga ajratilgan investitsion kreditlardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlarining berilganligi banklarning ushbu jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari tomonidan ustuvor tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash uchun kreditlar ajratilishi yanada faollashdi. So‘nggi yillarda bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri bo‘lgan plastik kartochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda. Hukumat qarorlariga asosan, plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar tizimiga oid jihozlarni import qilishda bojxona imtiyozlarining berilganligi banklarning bu boradagi faoliyatlarini yanada rag‘batlantirdi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy va mijoz uchun qulay turlaridan biri bo‘lgan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qo‘llash doirasi kengayib, tadbirkorlar o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda.
Hozirgi paytda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni oshib bormoqda, shundan «Internet-banking» va «Bank- mijoz» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar hamda «Mobil-banking» va «SMS-banking» xizmatlaridan foydalanuvchilar qariyb 2 barobarga ko‘paydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 24 yanvardagi ““O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-2740-sonli Qaroriga muvofiq yangi bank barpo etildi. Uning asosiy maqsadi Eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‘lamdagi bank-moliya xizmat turlarini ko‘rsatish bo‘lib hisoblanadi.
“Eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‘lamdagi bank-moliya xizmat turlarini ko‘rsatadi”1.




    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin