O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə366/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar



  1. Pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi pul muomalasi deyiladi.



1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova 3.1-bandi.

  1. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.

  2. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi.

  3. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.

  4. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog‘oz pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o‘sishida ifodalanadi.

  5. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o‘sish sur’atiga ko‘ra inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.

  6. Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish

va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablag‘laridan iborat.

  1. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o‘z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.




Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin