Pul muomalasi – pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi.
Pul tizimi – tarixan tarkib topgan va mamlakat milliy qonunchiligi bilan mustahkamlangan pul muomalasini tashkil qilish shakli.
Inflyatsiya – qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi.
Kredit – bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish.
Foiz normasi (stavkasi) – foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi.
Bankkrediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) beriluvchi pul ssudalari.
Xo‘jaliklararokredit – bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga berilib, ularning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiluvchi qarz mablag‘lari.
Tijoratkrediti – korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosan to‘lovni kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida bir-biriga beradigan kreditlari.
Iste’mol krediti– xususiy shaxslarga, avvalo, uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari sotib olish uchun ma’lum muddatga beriluvchi qarz mablag‘lari.
Ipotekakrediti – ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi qarz mablag‘lari.
Davlat krediti– kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo‘lib, bunda davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib chiqadi.
Xalqarokredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakati.
Lizing – odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat kreditning pulsiz shakli.