O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə364/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

O‘zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash siyosati

Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so‘mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib, mahsulot sifatini yaxshilab borish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 24 yanvardagi ““O‘zagroeksportbank” aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-2740-sonli Qarori
barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi. So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashtirilishi yetarli valyuta zaxirasi bo‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha subyektlarning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
Majburiy rezerv talablari instrumentidan tijorat banklarining kredit resurslari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishning muhim vositasi sifatida foydalanildi.
2018 yilning o‘tgan davrida pul-kredit siyosati bozor instrumentlarini, ya’ni foiz instrumentlarini ishlatish orqali moliyaviy resurslar qiymatiga ta’sir ko‘rsatish tamoyili asosida ishlaydigan instrumentlarni joriy qilish uchun sharoit yaratish maqsadida tijorat banklarining majburiy rezerv talablariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Bunda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, banklarning uzoq muddatli resurs bazasini kengaytirish, milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligini oshirish va iqtisodiyotdagi dollarizatsiya darajasini pasaytirish tamoyillariga asoslanildi.
Majburiy rezervlar normativlariga o‘zgartirish kiritish hamda deponentlash tartibini takomillashtirish 2 bosqichda amalga oshirildi.1
2018 yil 1 iyundan boshlab tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv shakllantiriladigan majburiyatlari normativlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

  • tijorat banklari tomonidan majburiy rezervni shakllantirish jalb qilingan majburiyat va depozitlar valyutasidan kelib chiqib mos ravishda milliy hamda xorijiy valyutada amalga oshirilishi belgilandi;

  • majburiy rezervga tortiladigan bazaga jismoniy shaxslar depozitlari kiritildi;

1 Monеtar siyosatning 2019 yil va 2020–2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari. O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki, 2018 yil.

  • majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan 0,1 o‘rtachalash koeffitsienti o‘rnatildi.

Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadida foydalanildi.
Inflyatsiya darajasi, pul massasining va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta moliyalash stavkasi 2017 yilning 28 iyunidan yillik 9 foizdan 14 foizga oshirildi, 2018 yil 25 sentyabridan esa 16 foiz miqdorida belgilandi. Bugungi kunga kelib esa Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini yillik 16% darajasida o‘zgarishsiz qolmoqda. Qayta moliyalash stavkasini shu holatda ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklari resurs
bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
2019 yilda valyuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor milliy valyuta barqarorligini ta’minlashga hamda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirishga qaratiladi.
Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Aynan ana shu sohalarda hali foydalanilmagan ulkan imkoniyat va salohiyat ko‘p. Eksportga mahsulot chiqaradigan sanoat korxonalaridan farqli ravishda kichik biznes subyektlari va fermerlar o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan olgan valyuta tushumlarining 50 foizini banklarga sotish majburiyatidan ozod qilingani va ularning eksportga mahsulot yetkazib berishdan, avvalo, o‘zlarining manfaatdor bo‘lishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor.
So‘mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab- tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin