Bankkrediti–pulegalari(banklarvamaxsuskreditmuassasalari)tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pulssudalari shaklida beriluvchi kredit. Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo‘yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg‘arilishigacha xizmat qiladi.
Xo‘jaliklararo kredit – bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisigaberiluvchi kredit. U korxonalarning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti – korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchisubyektlarningbir-birigaberadigankrediti. Tijorat krediti, avvalo, to‘lovni kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida beriladi.
Iste’mol krediti – xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddatfoydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar)sotibolishuchunma’lummuddatgaberiladigankredit. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib to‘lash bilan sotish shaklida yoki iste’mol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste’mol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti – ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatlissudalar shaklida beriluvchi kredit. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti – davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznesesa kreditorlari bo‘lib chiqadigan kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli. Davlat krediti mablag‘lari manbai bo‘lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat budjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.