Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropavalyutabirligi – EKYu muomalaga kiritildi.
Iqtisodiyvavalyutaittifoqi(IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u quyidagilarni taqozo etadi:
-moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi;
-kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi;
-barcha valyutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB)ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.
XVFning a’zosi bo‘lgan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo‘la oladi. XTTB tomonidan taqdim etiladigan qarzlarning asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlarning iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va dasturlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
Xalqaromoliyaviykorporatsiya(XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko‘proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiyhamkorlikvarivojlanishtashkiloti(IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki xatti- harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.